Foto: Reuters
Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Koreya xalq armiyasi maxsus bo‘linmalari o‘quv bazasiga tashrif buyurdi va u yerda o‘tayotgan mashg‘ulotlarni kuzatdi.
Uning ta’kidlashicha, agar mamlakat hujumga uchrasa, hech ikkilanmasdan barcha mavjud kuchlardan, jumladan, yadroviy quroldan foydalanadi.
KXDR yetakchisi Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yeolni “qo‘g‘irchoq” deb atab, Janubiy Koreya rasmiylari va AQSH o‘rtasidagi yadroviy ittifoqni tanqid qilgan.
“Agar o‘ta ahmoqlik va beparvolikka botgan dushmanlar bizning takroriy ogohlantirishlarimizga e’tibor bermasalar va Janubiy Koreya hamda AQSH ittifoqiga ishonib, KXDR suverenitetiga kuch ishlatishga harakat qilsalar, biz rahm qilmaymiz”, deya qo‘shimcha qilgan Kim Chen In.
Foto: Reuters
Siyosatchi Shimoliy Koreya olimlarini “yadroviy tahdidlarga javob bera olish” uchun yadroviy materiallar ishlab chiqarishni ko‘paytirishga chaqirgan.
1 oktyabr kuni Janubiy Koreyada qurolli kuchlar tashkil topganining 76 yilligi nishonlangan edi. Mazkur bayram munosabati bilan Seulda keng ko‘lamli harbiy parad bo‘lib o‘tdi. Mamlakat prezidenti Yun Sok Yeol agar Pxenyan Janubiy Koreyaga qarshi yadroviy qurol ishlatmoqchi bo‘lsa, Janubiy Koreya va AQSHning javobi “hal qiluvchi va hayratlanarli” bo‘lishini va’da qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar