Foto: Reuters
AQSH sobiq prezidenti Donald Trampning kuyovi Jared Kushner AQSH, Saudiya Arabistoni va Isroil o‘rtasidagi diplomatik muzokaralarda ishtirok etdi. Reuters manbasiga tayanib xabar berishicha, muzokaralardan maqsad Ar-Riyod va Tel-Aviv o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatish hamda Isroilni davlat sifatida tan olish bo‘lgan.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon al-Saud, agar Donald Tramp AQSHdagi prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonsa, Isroilni tan olishi mumkin, chunki sobiq prezident arab shahzodasi bilan iliq munosabatlarni saqlab kelgan. Bunda Kushner muzokaralarda vositachi vazifasini bajaradi. Qayd etilishicha, munosabatlarni normallashtirish yo‘lida demokrat nomzod Kamala Harris g‘alaba qozongan taqdirda ham murosaga erishiladi, ammo bu holatda bitim tuzish uchun ko‘proq vaqt kerak bo‘lishi mumkin.
Manba muzokaralar G‘azo sektorida mojaro boshlanishidan oldin yoki keyin bo‘lib o‘tganiga aniqlik kiritmagan. Ta’kidlanishicha, muzokaralarda AQSHning amaldagi prezidenti Jo Bayden ma’muriyati a’zolari ham ishtirok etgan. Arabistonni Isroilni tan olishga ko‘ndirish uchun prezident ma’muriyati xavfsizlik kafolatlari, Falastin davlatini yaratish bo‘yicha sa’y-harakatlarni yangilash va Saudiya Arabistonining fuqarolik yadroviy dasturini rivojlantirishga yordam berishni taklif qilgan.
Ar-Riyod va Tel-Aviv o‘rtasidagi diplomatik jarayon Isroil armiyasining G‘azodagi operatsiyasi boshlanganidan keyin to‘xtab qoldi. Avvalroq Saudiya Arabistoni shahzodasi qirollik Falastin davlati tuzilmaguncha Isroilni tan olmasligini ma’lum qilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar