Foto: RIA Novosti
Shimoliy Koreya Ukrainadagi urushda har yili ishlatiladigan uch millionga yaqin artilleriya snaryadlarining yarmini Rossiyaga yetkazib bermoqda. Bu haqda The Times nashri xabar berdi.
Nashrning qayd etishicha, KXDRdan olingan ko‘p miqdordagi o‘q-dorilar nosoz bo‘lishiga qaramay, Rossiya jang maydonida muvaffaqiyatga erishdi, xususan, yaqinda Ugledar rus qo‘shinlari tomonidan qo‘lga olindi.
Britaniya nashri manbalariga ko‘ra, Rossiya prezidenti Vladimir Putinning o‘tgan iyun oyida Pxenyanga tashrifidan so‘ng, ikki davlat o‘rtasida keng qamrovli strategik sheriklik to‘g‘risidagi bitim tuzilganidan. Shundan so‘ng Rossiya KXDRdan artilleriya snaryadlari yetkazib berilishiga qaram bo‘lib qolgan.
Ukraina armiyasining Bosh razvedka boshqarmasi rahbari Kirill Budanov sentyabr oyida Rossiya aynan Shimoliy Koreya o‘q-dorilarini yetkazib berish evaziga urushda ustunlikka erishayotgani haqida ogohlantirgan.
Avvalroq Newsweek Janubiy Koreya razvedkasi ma’lumotlariga tayanib, 2022 yil o‘rtalaridan buyon KXDR Rossiyaga go‘yoki olti milliondan ortiq 152 mm artilleriya snaryadlari, shuningdek, 122 mm artilleriya snaryadlari, mobil zenit-raketa tizimlari, tankga qarshi raketalar va boshqa harbiy texnikadan iborat 13 mingdan ortiq yuk konteynerlarini jo‘natgani haqida xabar bergan.
The Times'ning qayd etishicha, urushning dastlabki yillarida Rossiya ittifoqchilari Moskvani qurol-yarog‘ bilan ta’minlashni istamagan.
“Putinning G‘arbga qarshi koalitsiya tuzish harakatlari o‘z mevasini berib, jang maydoniga o‘z ta’sirini o‘tkazayotganga o‘xshaydi”, deb yozadi nashr.
Sentyabr oyida Eron Rossiyaga 200 ta ballistik raketa jo‘natgani, Xitoy esa Rossiya mudofaa kompaniyasiga uzoq masofali dronlar yaratishda yordam bergani haqida xabar berilgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar