Foto: Getty Images
Shimoliy Atlantika alyansi har biri taxminan 5 mingta harbiy xizmatchidan iborat qo‘shimcha 49 ta jangovar brigada tuzishni rejalashtirmoqda.
Qayd etilishicha, ularning umumiy sonini 131 ta brigadaga yetkazish rejalashtirilgan. Welt nashriga ko‘ra, NATO 2022 yildan beri Rossiyani bevosita tahdid sifatida baholab, Moskvadan kelayotgan xavfga qarshi turish uchun alyans harbiy qudratini oshirish kerakligini qo‘shimcha qilgan.
“2021 yilda 82 ta jangovar brigada yetarli deb hisoblangan bo‘lsa-da, kelajakda ularning soni 131 ta bo‘lishi kerak”, deyiladi xabarda.
Bu Bundesverda (Germaniya armiyasi) har birida 5 mingga yaqin harbiy xizmatchidan iborat bo‘lgan 49 ta yirik tuzilmaga ko‘payishini anglatadi. Ushbu qo‘shinlarni boshqarish va qo‘llab-quvvatlash uchun “jangovar korpuslar” soni 6 tadan 15 taga, diviziya shtablari esa 24 tadan 38 taga yetkazilishi kerak. Bundan tashqari, texnologiya, xususan, havo hujumidan mudofaa, o‘q-dorilar, uzoq masofali qurollar, logistika va transport bo‘yicha harakatlar amalga oshirilishi lozim.
Havo hujumiga qarshi mudofaa vositalari soni 293 tadan 1467 tagacha — deyarli besh baravar oshishi kutilmoqda. Bu Patriot, IRIS T-SLM, Skyrangerkabi qurol tizimlari, shuningdek, yaqin va uzoq masofali mudofaa vositalarini o‘z ichiga oladi. Vertolyotlar soni ham 90 tadan 104 tagacha ko‘payishi kutilmoqda.
Avvalroq Germaniya mudofaa vaziri Boris Pistorius Litva Seymasida (parlament) so‘zlagan nutqida “Rossiya qurol ishlab chiqarishni hamda qurolli kuchlarini keskin oshirayotgani”ni ma’lum qilgan. Vazir, shuningdek, G‘arb davlatlari yaqin 3-5 yil ichida Rossiya bilan bo‘lishi mumkin bo‘lgan urushga tayyorgarlik ko‘rishi kerakligini ta’kidlagan.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi doirasida Rossiya NATO davlatlariga hujum qilishga tayyorligi haqidagi G‘arb bayonotlari bema’nilik ekanligini aytgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi