15:25 / 08.10.2024
68

Borrel: “Ukrainadagi urush G‘arb yordamisiz 2 hafta ichida tugaydi”

Borrel: “Ukrainadagi urush G‘arb yordamisiz 2 hafta ichida tugaydi”
Foto: “RBK”
G‘arbning harbiy va iqtisodiy yordami bo‘lmasa, Ukrainadagi urush ikki hafta ichida tugagan bo‘lardi. Bu haqda Yevropa ittifoqi diplomatiyasi rahbari Jozep Borrel Ispaniyaning 20 Minutos nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.

"Ko‘pchilik bu mojaroning tezroq tugashini xohlaydi. Agar biz Ukrainani qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatsak, 15 kundan so‘ng urush tugaydi va Putin o‘z maqsadlariga erishadi. Biroq biz ukrainlar uchun shunday bo‘lishini xohlaymizmi?", dedi Borrel.

Yevropa diplomatiyasining rahbari bunday ssenariy Yevropa ittifoqi uchun mutlaqo maqbul emasligini ta’kidladi. U Ukrainadagi mojaroning yevropaliklar xavfsizligiga ham aloqasi borligini aytdi va bu borada aniq izohlar keltirilmadi.

Yanvar oyida Jozep Borrel sanksiyalar Rossiya mudofaa sanoatini yo‘q qila olmagani va endi Yevropa Ittifoqi “Ukraina tunnelining oxirida yorug‘likni ko‘rmayotgani”ni aytgandi. Diplomat sanksiyalar borasida quyidagicha munosabat bildirgan:

Bu Rossiya harbiy mashinasini sezilarli darajada zaiflashtirgan, ammo u hali ham mavjud”, degan u.
Shuningdek, Borrel Ukrainaga harbiy yordam ko‘rsatishni tezlashtirish borasida bir necha bor bayonot bergan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Borrel: “Ukrainadagi urush G‘arb yordamisiz 2 hafta ichida tugaydi”