Zamonaviy dizaynerlar ijodkorlik va kreativlikda hech qanday chegarani bilmaydi va bugungi kunda g‘ayrioddiy moda namunalari bilan barchani lol qoldiradi. Quyida sizga dunyodagi eng noodatiy ko‘rinishda bo‘lgan dizaynerlik poyabzallar ro‘yxatini taqdim etamiz.
Vafli poyabzallari
Foto: Europa Plus
Amerikaning muzlatilgan vaflilar ishlab chiqaruvchi brendi Eggo o‘zining yangi turdagi Eggo Fully Loaded Kicks nomli shirinligini taqdim etdi. Krossovka shaklidagi vafli haqidagi xabarlar ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamaga sabab bo‘ldi.
Foto: Europa Plus
Ushbu “shirinlik” qo‘l mehnati mahsuli bo‘lib, har biri alohida dizaynga ega. Mazkur loyihaga “poyabzallar jarrohi” nomi bilan tanilgan los-anjeleslik dizayner Dominik Chambrone hamkorlik qildi. U Pizza Hut va Jack Daniel's kabi mashhur brendlar uchun innovatsion dizaynlar ishlab chiqqan.
Oyoqlarni uqalovchi xususiyatga ega krossovka
Foto: Europa Plus
Dunyoda sport mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha eng yirik kompaniyalardan biri bo‘lgan Nike o‘z iste’molchilarini hayratda qoldirishdan to‘xtamaydi. Kompaniya bir necha yillar davomida sportchilar qulayligi uchun yangi mahsulot ishlab chiqarish ustida izlandi va salomatlik texnologiyalari bilan ish olib boruvchi yirik korxona — Hyperice bilan hamkorlikda noodatiy qurilmani taqdim etdi.
Foto: Europa Plus
Oyoqlarni uqalovchi maxsus poyabzal bo‘lib, u uch xil rejimda ishlaydi. Krossovkalar badantarbiya vaqtida oyoq to‘pig‘idan tortib barmoqlargacha uqalaydi. Qurilma batareya orqali quvvat oladi. Qulay jihati shundaki, har bir poyabzaldan alohida foydalanish mumkin
Yonayotgan krossovka
Foto: Europa Plus
Airei nomli Amerika brendi Asics poyabzallar ishlab chiqaruvchi kompaniya bilan hamkorlikda Gel-Quantum Kinetic krossovkalarining cheklangan kolleksiyasini taqdim etdi.
Foto: Europa Plus
Poyabzallar Sharqiy Hindistonda elektrsiz kuygan matodan ishlab chiqarilgan. Har bir krossovka uchun o‘ziga xos dizayn berish maqsadida matolar alohida kuydirib chiqilgan. Airei konsepsiyasiga ko‘ra, olov oliyjanob ishni bajarish, kuygan chandiqlar esa qiyinchiliklarni yengishni anglatadi.
Smartfon orqali boshqariladigan krossovka
Foto: Europa Plus
Samsung kompaniyasi smartfonni imo-ishoralar orqali boshqarish imkonini beruvchi futuristik “Shortcut Sneaker” krossovkasi bilan ham mashhur.
Foto: Europa Plus
Krossovka tagida harakat datchiklari o‘rnatilgan bo‘lib, ular qo‘ng‘iroq qilish yoki musiqani yoqish kabi smartfonning ma’lum funksiyalarini faollashtiradi. Misol uchun, agar foydalanuvchi Maykl Jeksonning “oyda yurish” raqs harakatini (orqaga surilish) amalga oshirsa, smartfon musiqa ijro etadi. Yoki ikkita tovon bir-biriga tegilsa, avvaldan tanlab olingan biror raqamga qo‘ng‘iroq qilinadi.
Xushbo‘ylantirilgan krokslar
Foto: Europa Plus
Issiq havo har qanday krossovkaning dushmanidir. Shu sababli yoz faslida aynan kroks poyabzallari urfda bo‘lmoqda. Crocs kompaniyasi Bath & Body Works bilan hamkorlikda xushbo‘y hidli shippaklar ishlab chiqardi. Aynan kroskslarga taqiladigan maxsus jibbitslar yoqimli ifor taratadi.
Tufli shaklidagi tort
Foto: Europa Plus
Foto: Europa Plus
Dizayner Tal Maslavi moda olamiga katta qiziqish bildirgan va shirinliksevar insonlar uchun ajoyib narsa ixtiro qildi. Mazkur ikki mashg‘ulotni sevuvchilar uchun tufli ko‘rinishidagi shirinliklarni ishlab chiqardi.
Ayiq panjalari ko‘rinishidagi shippaklar
Foto: Europa Plus
Foto: Dzen
Nyu Yorkdagi Bravest Studios brendi Bear Claw (ayiq panjalari) nomli noodatiy shippaklarni taqdim etdi. Oyoq kiyim ko‘rinishidan ayiqning panjalariga o‘xshaydi. Ular yuqori sifatli jundan tayyorlanib, o‘tkir tig‘li metall tirnoqlarga ega. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi