date
views 203

Green Card 2026 lotereyasidan chetlatilgan mamlakatlar roʻyxati e'lon qilindi

Green Card 2026 lotereyasidan chetlatilgan mamlakatlar roʻyxati e'lon qilindi
Foto: iStock
AQSh Davlat departamenti fuqarolari Green Card DV-2026 lotereyasida qatnasha olmaydigan davlatlar roʻyxatini e'lon qildi. Bu yil 18 davlat istisno roʻyxatiga kiritilgan.

Ushbu davlatlardan soʻnggi besh yil ichida 50 mingdan ortiq fuqaro AQShga koʻchib kelgan. Shu sababli ular 2026 yilgi Green Card DV-2026 lotereyasida ishtirok etolmaydi.

Ular: Bangladesh, Braziliya, Kanada, Xitoy (shu jumladan Honkong), Kolumbiya, Dominikana Respublikasi, Salvador, Haiti, Honduras, Hindiston, Yamayka, Meksika, Nigeriya, Pokiston, Filippin, Koreya Respublikasi, Venesuela, Vetnam.

Shuni ta'kidlash kerakki, Xitoy umumiy istisno qilinganiga qaramay, Makao va Tayvanda tugʻilganlar lotereyada qatnashish huquqini saqlab qoldi.

Bundan tashqari, Davlat departamenti quyidagi Green Card lotereyasini roʻyxatdan oʻtkazish sanalarini e'lon qildi:

DV-2026 lotereyasiga roʻyxatdan oʻtish 2024 yil 2 oktyabrdan 2024 yil 5 noyabrgacha boʻlib oʻtadi.

DV-2026 lotereyasi natijalari 2025 yil 3 maydan e'lon qilinadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Green Card 2026 lotereyasidan chetlatilgan mamlakatlar roʻyxati e'lon qilindi