
Foto: NASA
Oxirgi marta 80 ming yil avval, neandertallar zamonida ko‘ringan kometa Yerga yaqinlashmoqda. Bu haqda CNN xabar berdi.
Osmon jismi yaqinda, 2023 yilda kashf qilingan bo‘lib, C/2023 A3 Tsuchinshan–ATLAS deya nomlangan. Oktyabr o‘rtalaridan noyabr boshigacha u tungi osmonda mehmon bo‘ladi.
Kelayotgan shanba kuni kometa Yerga eng yaqin masofaga (taxminan 71 mln km) keladi. Quyosh botishi bilan qorong‘u osmonnning g‘arbiy qismida paydo bo‘ladi. Ko‘zi o‘tkirlar shundoq ko‘rishi mumkin, boshqalarga esa durbin kerak bo‘ladi.
«Kometa meteor kabi osmonda uchib o‘tmaydi, bir joyda ko‘rinib turadi, tun o‘tgan sayin asta-sekin joylashuvi o‘zgarib boradi», — dedi NASAning metoroidlar muhiti bo‘limi rahbari Bill Kuk.
Osmonda NoyobKometa PaydoYerga YaqinlashmoqdaTungi OsmonQuyosh BotishiKosmos Tadqiqotlari O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing