Foto: “Rbk.ua”
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya Federatsiyasi bilan urushni kelasi yilgacha kechiktirmay tugatilishini istashini aytdi.
Bu haqda u Germaniya kansleri Olaf Shols bilan bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qilgan. U Rossiya halol diplomatiya va urushning adolatli yakunlanishiga qarshilik ko‘rsatishda davom etar ekan, Ukraina armiyasiga yordam miqdori kamaymasligiga, Berlin esa Tinchlik formulasini qo‘llab-quvvatlashda davom etishiga umid bildirdi.
Zelenskiy bugun Sholsga o‘zining tinchlik rejasi haqida ma’lumot berishini aytib o‘tdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, hujjatda Rossiyani urushni tugatishga majbur qiladigan moddalar bor.
“Men 2025 yildan kechikmay, urush tugashini istayman. Shuningdek, tajovuz takrorlanmasligiga kafolat olish ham muhim. Bu reja haqiqatan ham urushga nuqta qo‘yadigan samarali tinchlik sammitini o‘tkazish uchun ko‘prikdir. Bu reja Ukraina pozitsiyasini mustahkamlash uchun tuzilgan”, dedi Zelenskiy.
Ukraina prezidenti bugun ertalab Berlinga yetib keldi. U Shols va mamlakat rahbari Frank-Valter Shtaynmayer bilan uchrashuvlar rejalashtirgan.
Kansler allaqachon yil oxirigacha Ukraina Germaniya, Belgiya, Daniya va Norvegiyadan yangi yordam olishini e’lon qildi, uning qiymati 1,4 milliard yevroga baholanmoqda.
Ukraina prezidenti, Vladimir Zelenskiy, Rossiya Federatsiyasi, Kelasi yilgacha, Urush tugatilishi “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi