
Foto: “Report.az
Floridani qamrab olgan “Milton” toʻfonidan koʻrilgan zarar taxminiy hisob-kitoblarga koʻra 50 milliard dollarga baholanmoqda. Bu haqda AQSh prezidenti Jo Baydenning Oq uy matbuot xizmati tarqatgan bayonotida aytilgan.
Davlat rahbarining qayd etishicha, bu oxirgi uch oy ichida Florida shtatida sodir boʻlgan uchinchi yirik toʻfondir.
Baydenning ta'kidlashicha, bular ekspertlarning dastlabki hisob-kitoblari va zararning yakuniy miqdori 50 milliard dollardan koʻproq yoki kamroq boʻlishi mumkin, prezident, shuningdek, tabiiy ofatdan jabr koʻrganlarga hamdardlik bildirdi va amerikaliklar oʻz uylariga qaytishlari uchun hamma narsani qilishga va'da berdi.
9 oktyabr kuni Florida shtatiga “Milton” toʻfoni yopirilgan. Uning maksimal tezligi soatiga 160 km dan oshdi. U 125 ga yaqin uyni vayron qildi va elektr ta'minotida keng miqyosda uzilishlarga sabab boʻldi, 2,6 milliondan ortiq odam elektr energiyasiz qoldi. Tabiiy ofat arafasida 5 milliondan ortiq odam evakuatsiya qilingan.
Oxirgi ma'lumotlarga koʻra, tabiiy ofat oqibatida 16 kishi halok boʻlgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar