
© Sputnik / Stringer
Ukrainalik harbiy instruktorning Estoniya OAVga bergan ma'lumotiga koʻra, frontdagi askarlar charchagan va ularning motivatsiyasi “soʻna boshlagan”, deb yozmoqda RIA Novosti.
"Frontda zudlik bilan dam olishga muhtoj boʻlgan juda koʻp askarlar bor. Agar uzoq vaqt jang qilinsa, motivatsiya soʻna boshlaydi", – deya xabar berdi nashr "Liber" chaqiruv belgili instruktor soʻzlaridan iqtibos keltirib.
Bundan tashqari, u Ukraina Qurolli kuchlari askarlarini tayyorlash uchun vaqt etarli emasligidan shikoyat qildi. Uning soʻzlariga koʻra, yangi ukrainalik harbiylar bir oy ichida boshlangʻich tayyorgarlikdan oʻtadi va bu vaqt ichida ular faqat minimal darajani oʻzlashtira oladi.
"Piyoda askarni toʻliq tayyorlash uchun kamida olti oy kerak boʻladi. Lekin bizda bunday vaqt yoʻq. Haqiqat shundaki, bizda askarlarni tayyorlash uchun vaqt etarli emas", – ma'lum qildi u.
Avvalroq Ukraina Qurolli kuchlari bosh qoʻmondoni Aleksandr Sirskiy Ukrainada safarbar qilinganlar uchun boshlangʻich tayyorgarlik muddatini oshirishni rejalashtirayotgani, qoʻshimcha ravishda instruktorlar maktabi paydo boʻlishi mumkinligini aytgan edi.
Ukrainada safarbarlikni kuchaytirish haqidagi qonun 18 maydan kuchga kirdi. Hujjat harbiy xizmatni oʻtashga majbur boʻlgan barcha shaxslarni kuchga kirgan kundan boshlab 60 kun ichida harbiy xizmatga chaqirish boʻlimida oʻz ma'lumotlarini yangilash majburiyatini yuklaydi. Buni amalga oshirish uchun harbiy komissariyatga shaxsan kelishi yoki “harbiy chaqiriluvchining elektron kabinetda” roʻyxatdan oʻtishi kerak. Chaqiruv varaqasi, hatto chaqiriluvchi uni shaxsan koʻrmagan boʻlsa ham, topshirilgan hisoblanadi: chaqiruv qogʻozi "topshirish" sanasi hujjatga shaxsan topshirishning mumkin emasligi toʻgʻrisidagi muhr bosilgan sana hisoblanadi.
Qonun loyihasida harbiy xizmatni oʻtashga majbur boʻlganlar oʻzlari bilan har doim harbiy guvohnomani olib yurishlari va uni harbiy xizmatga chaqirish boʻlimi xodimlari va politsining birinchi talabiga koʻra koʻrsatishlari shartligi belgilab qoʻyilgan. Rad etuvchilar avtomobil haydash huquqidan mahrum qilinishi mumkin. Hujjatda demobilizatsiya muddatlari koʻrsatilmagan. Bir qator deputatlarning noroziligiga sabab boʻlgan mazkur band hujjatdan olib tashlangan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar