12:40 / 12.10.2024
71

Bayden Trampga suiqasdni urush harakati deb hisoblashini aytib, Eronni ogohlantirdi

Bayden Trampga suiqasdni urush harakati deb hisoblashini aytib, Eronni ogohlantirdi
Foto: Getty Images
AQSh prezidenti Jo Bayden Milliy xavfsizlik kengashiga Eron hukumatini sobiq prezident Donald Tramp va sobiq amerikalik amaldorlarga qarshi fitnalardan ogohlantirishni buyurdi, deb xabar bermoqda The Washington Post va Politico manbalari. Uning aytishicha, Vashington har qanday suiqasdni urush harakati deb biladi.

Amerika nashrlari, shuningdek, Milliy xavfsizlik kengashi vakili Shon Savettning izohlariga tayangan. “Biz buni milliy xavfsizlik masalasi deb hisoblaymiz va Eronni bunday tahdidlar uchun qattiq qoralaymiz. Agar Eron bizning fuqarolarimizdan biriga, shu jumladan AQShga xizmat qilishda davom etayotgan yoki ilgari xizmat qilganlarga hujum qilsa, Eron jiddiy muammoga duch keladi”, dedi Milliy xavfsizlik kengashi vakili.

Politico nashriga koʻra, tahdidlar AQSh tomonidan 2020 yil boshida eronlik general Qosim Sulaymoniyning oʻldirilishi bilan bogʻliq. Hozirda Donald Tramp ma'muriyatining koʻplab amaldorlari himoya ostida. Biroq, Politico yozganidek, ba'zilar Eronning harakatlaridan hamon qoʻrqishadi.

Iyul va sentyabr oylarida yana prezidentlik uchun kurashayotgan Donald Trampga suiqasd uyushtirildi. Amerika matbuotiga koʻra, sobiq prezident Erondan tahdidlar haqida xabardor qilingan, ammo suiqasdlarda Tehronning qoʻli borligi haqida birorta ham dalillar yoʻq.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo