19:19 / 12.10.2024
66

Portugaliyada Gotbit kriptokompaniyasining rossiyalik rahbari ushlandi

Portugaliyada Gotbit kriptokompaniyasining rossiyalik rahbari ushlandi
Portugaliyada AQSh talabiga binoan Gotbit kriptovalyuta kompaniyasi rahbari, Rossiya fuqarosi Aleksey Andryunin qoʻlga olindi. Bu haqda 9 oktyabr, chorshanba kuni AQSh Adliya vazirligi ma'lum qildi. Andryunin firibgarlik va pul yuvishda ayblanib, AQShga ekstraditsiya qilinishini kutmoqda. Xuddi shu ishda yana ikki rossiyalik ayblanmoqda: Gotbit marketing boʻyicha direktori Fedor Kedrov va savdo boʻyicha direktor Kavi Jalili.

Vazirlik ma'lumotlariga koʻra, 2018—2024 yillarda Gotbit boshqa kriptokompaniyalarga, shu jumladan Amerika kompaniyalariga kriptovalyuta bozorini manipulyatsiya qilish boʻyicha xizmatlar koʻrsatgan, xususan, savdo hajmini sun'iy ravishda oshirish uchun millionlab dollarlik soxta operatsiyalarni amalga oshirgan. Gotbit asosan past likvidli kriptovalyutalar va kriptotokenlar bilan ishlagan, deya xabar beradi AQSh Adliya vazirligi. Andryuninning oʻzi YouTube'dagi bir nechta intervyularida uning kompaniyasi «likvidlikni yaratish» bilan shugʻullanganini aytgan.

Amerika rasmiylari yana uchta kriptokompaniyani kriptovalyuta bozorini manipulyatsiya qilishda ayblamoqda — ZM Quant, CLS Global va MyTrade. Qoʻlga olishlar Qoʻshma Shtatlar va Buyuk Britaniyada ham boʻlib oʻtdi, 18 ushlangan shaxsdan toʻrt nafari allaqachon aybini tan olgan. 25 million dollarlik kriptovalyuta musodara qilindi va 60 dan ortiq kriptoaktivlar bilan soxta savdo qilish uchun botlar oʻchirib qoʻyildi.

Dalillarni toʻplash uchun AQSh Federal tergov byurosi (FTB) oʻzining NexFundAI kriptotokenini yaratdi va shartnomalar tuzish uchun xuddi shu nomdagi kompaniyani roʻyxatdan oʻtkazdi. AQSh Adliya vazirligi bu ishni kriptovalyuta bozorini manipulyatsiya qilish uchun birinchi jinoiy ta'qib deb ataydi.

AQShda eng yirik kriptovalyuta birjasi asoschisi 25 yilga qamaldi

Mart oyida eng yirik kriptovalyuta birjalaridan biri FTX asoschisi va sobiq bosh direktori Sem Bankmen-Frid AQSh sudi tomonidan 25 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi. Avvalroq u mijozlardan 8 milliard dollar oʻgʻirlaganlikda aybdor deb topilgan edi.

2019 yilda tashkil etilgan FTX 2022 yil noyabriga kelib 32 milliard dollarga baholangan. Jurnalistlar Bankman-Fridning ikkinchi yirik biznesi aktivlari asosan oʻz birjasi tomonidan chiqarilgan kriptovalyutadan iborat ekanini aniqlaganidan keyin bir necha kun ichida kompaniyaning qiymati nolga tushib ketdi.

Tadbirkor 2022 yil dekabr oyida Bahama orollarida hibsga olingan va AQSh tarixidagi eng katta garov - 250 million dollar va ota-onasi kafolati evaziga uy qamogʻiga qoʻyib yuborilgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo