Foto: Getty images
Merilend universiteti olimlari ikkinchi qon guruhiga (A) ega odamlarda 60 yoshga qadar insultni boshdan kechirish xavfi yuqori ekanini aniqladi. Bu haqda ScienceAlert xabar bermoqda.
Ushbu sohadagi tadqiqotlar 2022 yilda boshlangan. O‘shanda olimlar A1 kichik guruhi va yoshroq odamlarda insult xavfining yuqori bo‘lishi o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlagandi.
Olimlar 17 ming insultga chalingan bemor va taxminan 600 ming sog‘lom insonlarni qamrab olgan 48 ta genetik tadqiqot natijalarini tahlil qildi. Tadqiqot ishtirokchilarining yoshi 18 yoshdan 59 yoshgacha bo‘lgan.
So‘nggi tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, ikkinchi qon guruhidagi odamlarda insult ehtimoli boshqa qon guruhlari egalariga qaraganda 16 foizga yuqori. Aksincha, birinchi qon guruhiga ega bo‘lgan odamlarda xavf 12 foizga past bo‘lgan.
Shu bilan birga, katta yoshdagi ikkinchi qon guruhli odamlarda insult xavfi sezilarli emasligi aniqlandi. Bu esa yoshlarda kasallikning rivojlanish mexanizmlari boshqacharoq bo‘lishi mumkinligini anglatadi.
Tadqiqot rahbari Stiven Kittnerning ta’kidlashicha, xavfning aniq sabablari hali noma’lum. Uning taxminicha, bu qon ivishining o‘ziga xos xususiyatlari, trombotsitlar yoki tromblar hosil bo‘lishida ishtirok etuvchi oqsillar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Aniq ma’lumotlarni olish uchun qo‘shimcha tadqiqotlar talab etiladi.
Avvalroq amerikalik olimlar dush va tish cho‘tkasida yuzlab noma’lum viruslarni aniqlagandi. Biroq bu haqda tashvishlanishga hojat yo‘q. Tadqiqotchilarga ko‘ra, bunday bakteriofaglardan antibiotiklarga chidamli bo‘lgan bakterial infeksiyalarga qarshi kurashishda foydalanish mumkin.
Olimlar, Qon guruhi, Erta insult xavfi, Bog‘liqlik, Aniqladi “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?