
Foto: AQSh raketaga qarshi mudofaa agentligi
AQSh birinchi marta Isroilga THAAD raketaga qarshi mudofaa komplekslarini berish masalasini koʻrib chiqmoqda, ammo hali qaror qabul qilinmagan. Bu haqda Amerika amaldoriga tayanib, The Times of Israel xabar berdi.
Bundan avval bir qator Isroil manbalari AQSh Eronning raketa hujumiga Isroilning kutilayotgan javobi uchun tayyorgarlik koʻrish doirasida yahudiy davlatida ballistik raketaga qarshi mudofaa tizimini joylashtirishini aytgandi. Bu rejaga koʻra, AQSh mazkur tizimni boshqarish uchun Isroilga oʻz harbiy kuchlarini ham yuboradi.
AQSh Yaqin Sharq va Evropa boʻylab joylashgan mudofaa tizimlarining keng doirasiga, jumladan Patriot tizimlariga ega. Mutasaddilar bir necha oylardan beri mintaqada qanday turdagi tizimlarni joylashtirish masalasini muhokama qilmoqda. THAAD'ning Isroilga har qanday joylashuvi murakkab tizimni boshqarish uchun askarlar yuborishni oʻz ichiga oladi.
Bir yil avval AQSh mudofaa vaziri Lloyd Ostin Yaqin Sharq hududida AQSh kuchlarini himoyasini kuchaytirish va Isroil mudofaasiga koʻmaklashish maqsadida THAAD batareyasi hamda qoʻshimcha Patriot batalonlarini joylashtirish toʻgʻrisida farmoyish berdi.
Kongress tadqiqot xizmatining aprel oyidagi hisobotiga koʻra, AQSh armiyasi ettita THAAD batareyasiga ega. Odatda, har bir batareya oltita yuk mashinasiga oʻrnatilgan raketalar, 48 ta interseptor, radio va radar uskunalaridan tashkil topgan boʻlib, uni boshqarish uchun 95 nafar harbiy xizmatchi talab etiladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar