08:21 / 14.10.2024
39

Isroil shimolida dronlar hujumi: 70 ga yaqin kishi jarohatlandi

Isroil shimolida dronlar hujumi: 70 ga yaqin kishi jarohatlandi
Foto: Gil Nexoshtan
Isroil shimolidagi Binyamina-Givat Ada shaharchasida ikki uchuvchisiz uchoqning hujumi natijasida 70 ga yaqin kishi jarohat oldi. Bu haqda 13 oktyabr, yakshanba kuni kechqurun dpa va Associated Press axborot agentliklari xabar berdi.

Yaradorlardan to‘rt nafari og‘ir ahvolda kasalxonaga yotqizildi, deya xabar bermoqda Isroil OAV Magen Devid Adom milliy tibbiy tez yordam xizmatiga tayanib. Shifokorlar yana besh nafar jabrlanuvchining ahvolini og‘ir deb baholamoqda, qolganlari yengil tan jarohati olgan.

Isroil mudofaa kuchlari (SAHAL) dronlar mahalliy «Hizbulloh» guruhi tomonidan Livandan uchirilganini ma’lum qildi. Isroil harbiylari, ularning so‘zlariga ko‘ra, uchta drondan ikkitasini tutib olishga muvaffaq bo‘lgan.

Jangarilar nishoni Binyamina–Givat Ada shahri yaqinidagi SAHAL qo‘shinlari to‘planish joyi bo‘lgan, deb yozadi OAV.

BMT Isroilni Livandagi qarorgohiga hujum qilishda aybladi

Birlashgan Millatlar Tashkiloti 10 oktyabr kuni Isroilni BMTning Livandagi muvaqqat kuchlari shtab-kvartirasi (UNIFIL) va BMT missiyasining mamlakat janubidagi boshqa ikkita obyektiga hujum uyushtirganlikda aybladi. Oqibatda Indoneziya fuqarolari yaralangani aytilmoqda. Isroil tomoni bu ma’lumotga hozircha izoh bermadi.

BMT ma’lumotlariga ko‘ra, yaralanganlar Naqura shahridagi UNIFIL kuzatuv minorasidan Isroilning «Merkava» tanki tomonidan o‘qqa tutilganidan keyin qulagan. Hozir ikkalasi ham kasalxonada, hayotlari xavf ostida emas. Bayonotda, shuningdek, Isroil harbiylari UNIFIL'ning boshqa pozitsiyalariga ham hujum qilgani qayd etilgan. Oqibatda transport vositalari va aloqa tizimlariga zarar yetgan, biroq xodimlardan jabrlanganlar yo‘q.

Italiya mudofaa vaziri Gido Krosetto voqeani «qabul qilib bo‘lmas» deb atadi va Isroilning Rimdagi elchisi bilan favqulodda muzokaralar o‘tkazdi. UNIFIL missiyasida qatnashayotgan 10 ming askardan ming nafari italiyalikdir. Irlandiya bosh vaziri Saymon Xarris tinchlikparvar kuchlarga qilingan hujumlarni «qabul qilib bo‘lmas» deb atadi. Irlandiya harbiylari ham BMTning Livandagi muvaqqat kuchlari tarkibiga kiradi.

6 oktyabr kuni UNIFIL Isroilning o‘z tinchlikparvar kuchlarini Livan janubidagi Isroil mudofaa kuchlari (SAHAL) «Hizbulloh» harakati jangchilariga qarshi kurashayotgan hududdan ko‘chirish taklifini rad etgani ma’lum bo‘ldi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Isroil shimolida dronlar hujumi: 70 ga yaqin kishi jarohatlandi