09:20 / 14.10.2024
31

Xitoy Tayvan yaqinida yangi harbiy mashqlarni boshladi

Xitoy Tayvan yaqinida yangi harbiy mashqlarni boshladi
Foto: Xinhua/Wang Yuguo
Xitoy yana Tayvan yaqinida keng ko‘lamli harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazmoqda. 14 oktyabr, dushanba kuni Reuters agentligi Xitoyning Sharqiy qo‘mondonligiga tayanib, Joint-Sword-2024B deb nomlangan mashg‘ulotlar Tayvan bo‘g‘ozida hamda Tayvanning shimoli, janubi va sharqidagi hududlarida bo‘lib o‘tishini bildirdi.

«Mashq shuningdek, Tayvan Mustaqillik kuchlarining separatistik faoliyatiga qarshi qattiq ogohlantirish vazifasini o‘taydi. Bu (Xitoyning) milliy suvereniteti va milliy birligini himoya qilish uchun qonuniy va zarur choradir», — deyiladi Xitoy harbiylari bayonotida.

Bu safargi harbiy manyovrlarning tugash sanasi e’lon qilinmadi, deb ta’kidlaydi Reuters. Tayvan Mudofaa vazirligi allaqachon Xitoyning «mantiqsiz va provokatsion harakatlarini» qoralagan va orolning Xitoy qo‘shinlari tomonidan deyarli o‘rab olingani munosabati bilan o‘z qurolli kuchlarini jangovar shay holatga keltirishini e’lon qilgan. Prezident Lay Sinde o‘tgan hafta Millat kunni nishonlash marosimidagi nutqidan so‘ng orol jangovar shay holatga keltirildi, u Pekin Tayvanga vakillik qilish huquqiga ega emasligini ta’kidladi. Uning nutqi Xitoy rasmiylari tomonidan qoralangan.

Xitoy rasmiylari Pekin Tayvanni isyonkor provinsiya deb bilishini, agar kerak bo‘lsa, harbiy kuch yordamida Xitoyga qaytarilishi kerakligini bir necha bor ta’kidlagan. Orol hukumati 1949 yilda fuqarolar urushi tugaganidan keyin materik Xitoydan mustaqilligini e’lon qildi, ammo Tayvanni faqat Palau, Tuvalu va Beliz kabi o‘nga yaqin mamlakat suveren davlat sifatida tan oldi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoy Tayvan yaqinida yangi harbiy mashqlarni boshladi