date
views 86

Zelenskiy: UQK Kursk oblastida oʻz pozitsiyalarini saqlab turibdi

Zelenskiy: UQK Kursk oblastida oʻz pozitsiyalarini saqlab turibdi
Foto: AP
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy 12 oktyabr, shanba kuni kechqurun Ukraina Qurolli kuchlari (UQK) bosh qoʻmondoni Aleksandr Sirskiyning «oldingi chiziqdagi barcha hududlarda va bizning Kursk operatsiyamiz toʻgʻrisida»gi hisoboti haqida e'lon qildi. Rossiya kuchlari Kursk oblastida hujum amaliyotlarini oʻtkazdi, biroq Ukraina tomoni hujumlarni toʻxtatishga muvaffaq boʻlmoqda, dedi Zelenskiy vatandoshlariga kechki videomurojaatida. «Rossiya bizning pozitsiyalarimizni orqaga surishga urinib koʻrdi, lekin biz ma'lum chegaralarni ushlab turibmiz», — deydi Ukraina prezidenti. U frontning ushbu sektoridagi vaziyat haqida batafsil ma'lumot bermadi.

Zelenskiy, shuningdek, Ukraina harbiylarining Pokrovskiy yoʻnalishidagi «pozitsiyalarni himoya qilish»dagi muvaffaqiyatlarini alohida qayd etib, Donetsk va Zaporijjya yoʻnalishlaridagi ogʻir sharoit va «dushmanning qattiq harakatlari» haqida ma'lum qildi. «Ammo bizning boʻlinmalarimizning barqarorligi juda muhim», dedi Ukraina prezidenti.

Rossiya Kursk yaqinida UQKga qarshi keng koʻlamli qarshi hujum boshladi

Rossiya harbiylari Kursk oblastida Ukraina Qurolli kuchlari (UQK)ga qarshi keng koʻlamli qarshi hujumga oʻtdi. Bu haqda 10 oktyabr kuni kechqurun Ukrainaning Deepstate monitoring loyihasi ma'lum qildi. Rossiyalik harbiy blogerlar ham Rossiya Federatsiyasining Korenev, Sudja va Glushkovo rayonlarida faol qarshi hujumi haqida yozyapti.

Xususan, Rossiya Mudofaa vazirligiga yaqin boʻlgan «Ribar» Telegram-kanali Rossiya boʻlinmalari «Ukraina qoʻshinlarini Glushkovo tumanidan deyarli butunlay siqib chiqarganini» da'vo qilmoqda. «Dva mayora» kanali ruslarning Sudja rayonidagi Zeleniy Shlyax qishlogʻi yaqinida oldinga siljigani haqida xabar berdi. Korenev rayonida, Ukrainaning Deepstate loyihasiga koʻra, Ukraina Qurolli kuchlari 10 oktyabrda 38 kvadrat kilometrdan ortiq maydonni yoʻqotdi. Shunday qilib, Ukraina bir oy ichida Kursk oblastida eng katta er uchastkasidan 24 soat ichida mahrum boʻldi, deb yozadi «Agentstvo» Telegram-kanali.

«Severniy veter» kanaliga koʻra, 10 oktyabr kuni kechqurun rus qoʻshinlari «beshta aholi punktini egallab, kamida ikkita dushman batalonini oʻrab olishga, ikkita muhim ta'minot va evakuatsiya yoʻlini kesishga» muvaffaq boʻlishdi. 11 oktyabr kuni Chechenistonning «Axmat» maxsus kuchlari qoʻmondoni Apti Alaudinov «Komsomolskaya pravda» gazetasiga bergan intervyusida Rossiya Federatsiyasi allaqachon Kursk oblastida 15 aholi punktidan ukrainalik harbiylarni siqib chiqarganini aytdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Zelenskiy: UQK Kursk oblastida oʻz pozitsiyalarini saqlab turibdi