09:26 / 15.10.2024
35

Putin Dumaga KXDR bilan harbiy hamkorlik to‘g‘risidagi qonun loyihasini kiritdi

Putin Dumaga KXDR bilan harbiy hamkorlik to‘g‘risidagi qonun loyihasini kiritdi
Foto: KCNA
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Davlat dumasiga 2024 yil 19 iyun kuni Pxenyanda imzolangan KXDR bilan har tomonlama strategik sheriklik to‘g‘risidagi bitimni ratifikatsiya qilish haqidagi qonun loyihasini taqdim etdi. Bu haqda 14 oktyabr, dushanba kuni «Interfaks» agentligi xabar berdi. Hujjat Rossiya parlamentining onlayn ma’lumotlar bazasida e’lon qilingan.

Shartnoma bandlarining birida «agar tomonlardan biri biron-bir davlat yoki bir necha davlat tomonidan qurolli hujumga uchrasa va shu tariqa urush holatiga tushib qolsa, ikkinchi tomon zudlik bilan barcha vositalar bilan harbiy va boshqa yordam ko‘rsatadi», deyiladi.

Boshqa bir bandga ko‘ra, bir davlatga qarshi «qurolli tajovuzkorlik akti tahdidi yuzaga kelgan taqdirda» ikkinchisi so‘roviga ko‘ra darhol «o‘z pozitsiyalarini muvofiqlashtirish va bir-biriga yordam berishi mumkin bo‘lgan amaliy choralarni kelishish» uchun ikki tomonlama kanallardan foydalanishi kerak».

Bundan tashqari, tomonlarning har biri uchinchi davlatlar bilan boshqa mamlakatlar suvereniteti, xavfsizligi, hududiy yaxlitligiga qarshi qaratilgan kelishuvlar tuzmasligi, siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy tizimlarni rivojlantirish huquqiga ega ekani hamda boshqa asosiy manfaatlariga qarshi qaratilgan bitimlar tuzmaslik majburiyatini olishi aytilgan.

Putin, Duma, KXDR, Harbiy hamkorlik, Qonun loyihasi

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Putin Dumaga KXDR bilan harbiy hamkorlik to‘g‘risidagi qonun loyihasini kiritdi