Tojikiston Respublikasining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Umid Bobozoda rossiyalik hamkasbi Tatyana Moskalkovaga talabnoma yubordi. Unda Rossiyada mehnat qilayotgan migrantlarning huquqlari poymol etilayotgani yuzasidan xavotir izhor qilingan.
«OAV va ijtimoiy tarmoqlar xabarlaridan ma’lum bo‘lishicha, ayni paytda Rossiya Federatsiyasi hududida mehnat muhojirlarining hujjatlari qonuniyligi tekshirilmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan videomateriallarda huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari migrantlarga nisbatan qo‘pollik, kaltaklash, haqoratlash kabi taqiqlangan usullarni qo‘llayotganini ko‘rish mumkin. Biz muhojirlarning huquq va erkinliklari buzilayotganidan xavotirdamiz», – deyiladi talabnomada.
Tojikiston ombudsmani mamlakat fuqarolari, xususan, davlat xizmatchilari, talabalar, keksalar, ayollar va bolalar Rossiya chegarasida uzoq vaqt hibsda qolayotgani, ularga kerakli shart-sharoit yaratilayotganini ham tanqid qilgan.
Umid Bobozoda Tatyana Moskalkovaga Tojikiston fuqarolarining haq-huquqlariga rioya etish muhimligini eslatib, bu kabi holatlarni monitoring qilishda ko‘mak so‘ragan.
Avval xabar berganimizdek, joriy yil 5 oktyabr kuni Tojikiston bosh vaziri Kohir Rasulzoda ham Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Marat Xusnullin bilan uchrashuvda Rossiyada tojikistonliklarning asosiy huquq va erkinliklar buzilayotgani masalasini ko‘targandi.
«Rossiyada migratsiya sohasini tartibga solish bo‘yicha chora-tadbirlar davomida fuqarolarimizning asosiy huquq va erkinliklarining keng miqyosda buzilishi tendensiyasidan xavotirga tushmaslik mumkin emas», – degan Rasulzoda.
10 oktyabr kuni Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon va Rossiya Federatsiya kengashi spikeri Valentina Matviyenko uchrashuvida ham mehnat migratsiyasi masalalari muhokama qilingan.
Tahlilchilarga ko‘ra, Moskva viloyatidagi «Krokus Siti Xoll»da ro‘y bergan teraktdan keyin Rossiyada nafaqat Tojikiston, balki butun Markaziy Osiyodan borgan mehnat muhojirlariga nisbatan siyosat qattiqlashdi.
Bu holatni hatto Moskvaning chizgan chizig‘idan chiqmaydigan Checheniston rahbari Ramzan Qodirov ham keskin qoraladi. Qodirov RFda migratsiya siyosati qattiqlashayotganini o‘rta asrlar inkvizitsiyasiga o‘xshatdi.
Tojikiston Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Migrantlarni kaltaklash, Haqoratlash, Talabnoma “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi