Foto: “Report.az”
Yaqin Sharqdagi urush Turkiyaga yaqinlashmoqda. Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on “Falastin kelajagi” anjumanida ma’lum qildi.
Uning ta’kidlashicha, agar Yaqin Sharqdagi urush tez orada to‘xtamasa, u yanada ko‘proq mamlakatlarni qamrab olishi mumkin. Uning so‘zlariga ko‘ra, Turkiya ehtimoliy xavflarni bartaraf etish uchun barcha zarur choralarni ko‘rmoqda.
Avvalroq Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Buyuk milliy majlisidagi nutqida Livandan keyin Isroilning navbatdagi nishoni Turkiya bo‘lishi mumkinligini aytgandi.
“Xalqaro hamjamiyat falastinlik tinch aholini Isroil harakatlaridan himoya qilish mexanizmini ishlab chiqishi kerak. Gitler 70 yil avval insoniyat ittifoqi tomonidan to‘xtatilganidek, Netanyaxu va uning qotil tarmog‘i ham 'insoniyat ittifoqi' bilan to‘xtatilishi kerak”, dedi u.
Shuningdek, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on 25 sentyabr kuni BMT Bosh assambleyasidagi chiqishida ham Yaqin Sharqdagi vaziyat haqida keskin gapirgandi.
“Afsuski, so‘nggi yillarda BMTning o‘z asosiy vazifasini bajarishda ojizlik ko‘rsatayotganini, tobora samara bermaydigan, qoloq va harakatsiz tuzilmaga aylanib borayotganini kuzatmoqdamiz”, degandi u o‘shanda.
Erdo‘g‘on, Yaqin Sharq, Urush, Turkiya “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?