date
views 68

Isroil Mudofaa vazirligi yaqin orada Eronga javob zarbasi berishini e'lon qildi

Isroil Mudofaa vazirligi yaqin orada Eronga javob zarbasi berishini e'lon qildi
Foto: AP
1 oktyabr kuni amalga oshirilgan raketa hujumiga javoban Isroilning Eronga zarbasi tez orada boshlanadi.

The Times of Israel nashrining ma'lum qilishicha, bu haqda Isroil Mudofaa vaziri Yoav Galant Gʻazo sektorida garovga olinganlarning bir guruh qarindoshlari bilan uchrashuvda aytib oʻtgan.

Bu aniq va halokatli javob boʻladi”, degan Isroil Mudofaa vaziri.

Avvalroq Kan davlat teleradiokompaniyasi Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Galant va boshqa ba'zi muhim vazirlar bilan Eronga hujum parametrlari va vaqti boʻyicha kelishib olgani, endi esa Isroil Vazirlar Mahkamasining yakuniy ma'qullashi kutilayotgani haqida xabar bergan edi.

1 oktyabr kuni Eron HAMAS, “Hizbulloh” va Islom inqilobi qoʻriqchilari korpusi (Eron qurolli kuchlarining elita boʻlinmalari) rahbariyatidagi asosiy shaxslarning oʻldirilishiga javoban Isroilga yirik raketa hujumini uyushtirgan edi. Isroil Bosh shtabi hujumga munosib javob berishni va'da qilgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Isroil Mudofaa vazirligi yaqin orada Eronga javob zarbasi berishini e'lon qildi