09:47 / 16.10.2024
69

Makron: "Netanyaxu Isroil qanday paydo bo‘lganini unutmasligi kerak”

Makron: "Netanyaxu Isroil qanday paydo bo‘lganini unutmasligi kerak”
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron vazirlar kengashining yopiq majlisida Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu yahudiy davlatining BMT rezolyutsiyasi asosida tashkil etilganini yodda tutishi kerakligini ta’kidladi. Bu haqda o‘z manbalariga tayanib, Le Parisien gazetasi xabar berdi.

Netanyaxu o‘z davlati BMT rezolyutsiyasi bilan tashkil etilganini unutmasligi lozim, shuning uchun u tashkilot qarorlariga qarshi chiqmasligi kerak”, degan Makron.

Siyosatchi 1947 yil noyabr oyida BMT Bosh assambleyasining Falastindagi Britaniya mandatini bekor qilgan va bu hududni yahudiy hamda arab davlatlariga bo‘lgan ovoz berishiga ishora qildi.

Makron ushbu bayonotni Isroilning Livandagi BMT tinchlikparvar kuchlari joylashgan hududlarda “Hizbulloh”ga qarshi olib borayotgan harbiy operatsiyalari hamda tinchlikparvar kuchlarga hujumlar uchun Isroil elchisining Fransiya Tashqi ishlar vazirligiga chaqirilishi fonida bergan.

Netanyaxuning Makron bilan 15 oktyabrdagi telefon orqali suhbatidan so‘ng, Isroil Bosh vaziri matbuot xizmati “Fransiya prezidentiga eslatma” sarlavhali bayonot tarqatdi. Unda quyidagilar ta’kidlanadi:

Isroil davlati BMT rezolyutsiyasi natijasida emas, balki Mustaqillik urushidagi g‘alaba tufayli, ko‘pchiligi Xolokostni boshdan kechirgan yoki Fransiyadagi Vishi rejimidan qochib qutulgan mard jangchilarning qoni evaziga qozonilgan. Shuni esda tutish lozimki, so‘nggi o‘n yilliklar davomida BMT yagona yahudiy davlatini mavjudlik huquqidan mahrum etish va o‘zini himoya qilish qobiliyatini yo‘qotish maqsadida Isroil davlatiga qarshi yo‘naltirilgan yuzlab antisemistik qarorlarni qabul qilgan”.

Makron, Netanyaxu, Isroil, Qanday paydo bo‘lgani, Unutmaslik

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Makron: "Netanyaxu Isroil qanday paydo bo‘lganini unutmasligi kerak”