Foto: Shutterstock/FOTODOM
Xitoydagi okeanariumda minglab odamlar tomosha qilib ketgan kitsimon akula aslida robot bo‘lib chiqdi, deb xabar berdi Independent.
Shenchjendagi Xiaomeisha Sea World okeanariumi besh yillik qayta ta’mirdan so‘ng ishga tushdi. Barcha yoshdagilarda birday qiziqish uyg‘otgan akula okeanariumning asosiy yulduziga aylandi.
Bir haftada okeanariumga 100 mingga yaqin odam tashrif buyurdi, chipta narxi 40 dollar. Keyinroq o‘zlari tomosha qilgan «kitsimon akula» aslida robot ekanini bilgach, ko‘plarning hafsalasi pir bo‘ldi.
Ijtimoiy tarmoqlarda tanqidlar tinmagach, okeanarium vakili javob berdi: robot-akulani yasashga millionlab dollar sarflangan, haqiqiy kitsimon akulalarni taqiqlovchi qonun tufayli shunday qilishga majbur bo‘lishgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”