date 22:21 / 17.10.2024
views 50

Harris prezidentlikka saylansa, Baydenning davomchisi boʻlmaslikka va'da berdi

Harris prezidentlikka saylansa, Baydenning davomchisi boʻlmaslikka va'da berdi
Foto: Reuters
AQSh prezidentligiga Demokratik partiyadan nomzod vitse-prezident Kamala Harris agar saylovda gʻalaba qozonsa, uning prezidentligi Oq uyning amaldagi rahbarinikidan farq qilishini aytdi.

Ochigʻini aytaman, mening prezidentligim Jo Bayden prezidentligining davomi boʻlmaydi. Vazifaga kelgan har bir yangi prezident singari men ham oʻzim bilan hayotim va professional tajribam hamda yangi gʻoyalarimni olib kelaman”, dedi Harris.

Vitse-prezidentning qoʻshimcha qilishicha, uni Baydendan ajratib turadigan jihati shundaki, u “karerasining koʻp qismini Vashingtondan tashqarida oʻtkazgan”. Harris oʻzini “yangi avlod rahbari” deb hisoblaydi.

Respublikachi Donald Trampning saylovoldi tashviqoti matbuot kotibi Karolina Livitt Harrisning intervyusini sharhlar ekan, uchrashuvni falokat deb atagan. Uning soʻzlariga koʻra, Kamala Harris “javoblari yoʻqligi sababli” savollarning birortasiga ham toʻgʻridan toʻgʻri javob bera olmagan.

Avvalroq Amerika OAV saylovlar arafasida Bayden va Harris jamoalari oʻrtasida kelishmovchiliklar yuzaga kelgani haqida yozgan edi. Axios portaliga koʻra, Bayden Harrisning saylovoldi tadbirlarida ishtirok etishni nafaqat sogʻligʻi sababli, balki past reytinglarni ham hisobga olgan holda toʻxtatgan.

AQShda prezidentlik saylovlari joriy yilning 5 noyabriga belgilangan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo