Foto: AP
Meta WhatsApp, Instagram va boshqa kompaniyalaridagi xodimlarini ishdan bo‘shatmoqda, deb xabar beradi The Verge. Ishdan bo‘shatishlar kompaniya o‘z resurslarini uzoq muddatli strategik maqsadlar va geografik rejalariga muvofiq qayta taqsimlayotgani bilan bog‘liq.
Qayd etilishicha, Meta xodimlarini boshqa ish joylariga ko‘chiradi, ayrimlarining vazifalari o‘zgaradi. Kompaniyaning ma’lum qilishicha, qisqartirishlar davomida xodimlar uchun boshqa muqobil ish o‘rinlarini topishga harakat qilinmoqda.
Manbalarga ko‘ra, ish o‘rinlarining qisqarishi WhatsApp, Instagram va Labs'ga taalluqli. Threads dasturchilari, shuningdek, Facebook'ning kadrlar bo‘limi, yuridik va dizaynerlik bo‘limlari xodimlari ijtimoiy tarmoqlarda o‘zlarining ishdan bo‘shatilgani haqida postlar qoldirgan.
Meta'ning Tech Crunch jurnalistlariga ma’lum qilishicha, Threads'dagi kadrlar va yuridik bo‘limlar xodimlari ishdan bo‘shatilmagan. Qaysi bo‘lim va qancha xodim qisqartirishga tushganiga oydinlik kiritilmagan.
Sobiq xodimlarning so‘zlariga ko‘ra, ayrim ishchilarga boshqa lavozimga o‘tish yoki kompensatsiya pulini olish taklif qilingan. Ulardan birining aytishicha, o‘zi faoliyat yuritgan bo‘limning o‘ndan ortiq xodimi ishdan bo‘shatilgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi