Foto: RIA Novosti
Moskvada bir hafta davom etgan «Nelegal-2024» operatsiyasining ikkinchi bosqichi yakunlariga ko‘ra, 2 mingdan ortiq migrant Rossiyadan chiqarib yuboriladi, deb yozdi «RIA Novosti» Rossiya Ichki ishlar vazirligiga tayanib.
Tadbir doirasida Rossiya Ichki ishlar vazirligining Moskva shahridagi Bosh boshqarmasi politsiya xodimlari tomonidan migratsiya qonunchiligining 13 mingdan ortiq buzilishi aniqlangan.
«Ma’muriy ishlarni ko‘rib chiqish natijalariga ko‘ra adliya organlari chet el fuqarolarini Rossiya Federatsiyasi hududidan ma’muriy ravishda chiqarib yuborish to‘g‘risida ikki mingdan ortiq qaror qabul qildi. Shuningdek, chet el fuqarolarini deportatsiya qilish to‘g‘risida 20 ta qaror qabul qilindi, 12 nafari deportatsiya qilindi», deyiladi xabarida.
Qayd qilinishicha, Rossiya Jinoyat kodeksining noqonuniy migratsiyani tashkil etish moddalari bo‘yicha 420 ta jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
«Nelegal-2024» operatsiyasining birinchi bosqichi 2024 yil iyun oyida o‘tkazilgan va migratsiya sohasida 50 mingdan ortiq qonunbuzilishi aniqlangan, qariyb 9 ming migrant Rossiyadan chiqarib yuborilgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Qashqadaryoda erkak ayoli va chaqalog‘ini o‘ldirib, so‘ng o‘z joniga qasd qildi
Bayden hozircha Ukrainani NATOga taklif etishga chaqirmaslikka qaror qildi
Oq uy Ukrainaga Rossiya hududiga ATACMS raketalarini qo‘llashga ruxsat berganini tasdiqladi
Sharmandali mag‘lubiyatdan keyin murabbiy futbolchilarni qamab qo‘ydi
Gavining qilig‘i Flikka yoqmadi: “Aql o‘rgatishni senga kim qo‘yibdi?”
Superligani qaysi klub tark etadi? Kumush medal kimga nasib qiladi?
Yangi Zelandiyada maori qabilasi oqsoqolining portreti auksionda rekord narxda sotildi