Foto: Getty Images
Xitoylik olimlar kutilmagan holatga duch keldi. Ular antiseptik vositalar o‘ldira olmaydigan mikroblarni aniqladi. Buning ustiga ushbu organizmlar antiseptiklarning tarkibiy qismlari bilan oziqlanadi. Tadqiqot Xian Jiatong-Liverpul universiteti mutaxassislari tomonidan e’lon qilindi.
Biologlarning aytishicha, shaharlarda yashovchi mikroblar evolyutsiya jarayonini boshdan kechirmoqda. Shu yo‘l bilan ular insonlar mikroblarga qarshi qo‘llayotgan vositalarga qarshi kurashishga urinmoqda. Bugungi kunda ularni cheklangan resurslarga ega shahar sharoitlari ham cho‘chitolmaydi. Olimlar antiseptiklarga moslashgan bakteriya turlarini aniqladi.
Tadqiqotchilar binolari ko‘p hududlarda mikroblar uchun ozuqa moddalari yetishmasligini eslatdi. Qolaversa, aholi har doim ularni yo‘q qiladigan vositalardan foydalanadi. Bu esa mikroblarni muhitga moslashishga majbur qilgan. Olimlar Honkongdagi metro, turar joy binolari, jamoat muassasalari va inson terisidan 738 ta mikroorganizm namunalarini tekshirdi. Ularning deyarli yarmi fanga noma’lum bo‘lib chiqdi.
Mutaxassislar ilgari olimlarga ma’lum bo‘lmagan 363 ta shtammni aniqladi. Bu kabi organizmlar insonlar terisida va atrof-muhitda yashaydi. Ularning ayrimlarida shaharlardagi sanoat mahsulotlarini parchalash uchun zarur genlar bor. Ular bu mahsulotlardan uglerod va energiya manbalari sifatida foydalanadi.
Noodatiy turlardan biri Candidatus phylum Eremiobacterota shtammi edi. Ilgari bu shtamm faqat Antarktidada topilgan. Mikroblar tozalash vositalarida mavjud bo‘lgan ammoniy ionlari yordamida oziqlanadi. Bundan tashqari, ular keng tarqalgan dezinfeksiyalovchi vositalar tarkibidagi spirtni parchalash qobiliyatiga ega. Olimlarning ta’kidlashicha, bunday shtammlar sog‘liq uchun xavf tug‘dirishi mumkin.
Shuningdek, tadqiqotchilar 11 ta Micrococcus luteus shtammlarini aniqladi. Bular immunitet tizimi zaiflashgan odamlarda o‘limga olib keluvchi infeksiyalarni keltirib chiqarishi mumkin. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, shifoxonalar bino ichidagi turli infeksiyalarni qo‘zg‘atuvchi patogenlar o‘chog‘i bo‘lishi xavfi bor. Ular, ayniqsa, reanimatsiya bo‘limlariga jiddiy xavf tug‘diradi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Metabolizm sekinlashganining belgilari