
Turkiya bosh vaziri Binali Yildirim muxolif imom Fathulla Gulenning terrorchilik tashkilotini (FETO) Turkiyada ikkinchi davlat to‘ntaruvi sodir etilishi haqidagi gaplarni tarqatishda aybladi. Bu haqda "Kun" nashri xabar bermoqda.
Yildirimning aytishicha, bu jamiyatda xavotir uyg‘otuvchi yolg‘on ma’lumotdir.
Bosh vazir hukumat davlat to‘ntaruviga istalgan urinishning oldini olish uchun barcha zaruriy choralarni ko‘rayotganini aytdi. Uning aytishicha, ikkinchi to‘ntaruvni amalga oshirmoqchi bo‘layotganlar 15 iyuldagi to‘ntaruv tashkilotchilaridan ham kuchliroq javob berishlariga to‘g‘ri keladi.
Avvalroq Turkiya adliya vazirligi 15 iyuldagi davlat to‘ntaruviga urinish ishi bo‘yicha 32 ming kishi hibsga olinganini ma’lum qilgandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar