Foto: RBC
Ukraina Rossiya Federatsiyasi vakillari bilan muzokaralarni boshlashga qarshi emas, lekin suhbat “teng shartlarda” o‘tishi kerak. Bu haqda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ma’lum qildi.
“Biz ruslar bilan gaplashishga, ular bilan muzokara o‘tkazishga qarshi emasmiz. Faqat muzokaralar teng shartlarda o‘tishi kerak”, ta’kidladi Zelenskiy.
Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSH Ukrainani Rossiya bilan muzokara boshlashga ko‘ndirishga urinmayapti. Ukraina bu boradagi qarorni o‘zi mustaqil qabul qiladi.
“AQSH bunga urinmayapti. Agar ular bizni biror narsa qilishga majburlasa, hammangiz bu haqda bilib olasiz”, dedi u.
Zelenskiy, shuningdek, Ukraina o‘z sheriklariga g‘alaba rejasini taqdim etganini ham ta’kidladi. Qo‘shma Shtatlar tez orada g‘alaba rejasi haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirishi kutilmoqda.
“Ukrainada Oq uy jamoasini kutmoqdamiz va yaqin orada ular kelishadi”, dedi Zelenskiy. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Metabolizm sekinlashganining belgilari