08:26 / 19.10.2024
21

Janubiy Koreya KXDR Ukrainadagi urushga qo‘shin yuborishni boshlaganini ma’lum qildi

Janubiy Koreya KXDR Ukrainadagi urushga qo‘shin yuborishni boshlaganini ma’lum qildi
Foto: Reuters
Janubiy Koreya razvedkasi matbuot xizmatiga ko‘ra, Shimoliy Koreyaning 1 500 nafar askari allaqachon Uzoq Sharqdagi Rossiya poligonlarida bo‘lib, u yerdan Ukrainaga jo‘nab ketishlari kutilmoqda.

Xususan, razvedka ma’lumotlariga ko‘ra, Shimoliy Koreya harbiy xizmatchilari Vladivostok, Ussuriysk, Xabarovsk va Blagoveshenskda joylashgan bo‘lib, ularga rus kiyim-kechaklari va Rossiyaning qalbaki hujjatlari berilgan.

Uzoq Sharqdagi rossiyalik harbiy manba BBC'ga mazkur ma’lumotlarni tasdiqlagan. U, shuningdek, Shimoliy Koreya harbiylarining bir qismi allaqachon yetib borganini va Ussuriysk yaqinidagi harbiy bazalarga joylashganini ma’lum qilgan.

Avvalroq Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Bryusselda nutq so‘zlab, KXDRdan urushga jalb etilishi mumkin bo‘lgan 10 mingga yaqin harbiy xizmatchi haqida xabar bergan edi.

Foto: NIS
Nomi oshkor etilmagan manbalarning Janubiy Koreya OAVga aytishicha, gap 12 mingga yaqin harbiy xizmatchi haqida ketmoqda.

Qayd etilishicha, Shimoliy Koreya qo‘shinlari Rossiya texnikasi va o‘q-dorilaridan foydalanmoqda. 2 600 nafar harbiy xizmatchidan iborat birinchi otryad avgust oyida qo‘lga olingan Kursk viloyatiga borishi mumkin.

Bundan tashqari, Janubiy Koreya razvedkasi rasmiylari shimoldan kelgan raketa zobitlari allaqachon jangovar zonada bo‘lib, ruslarga Shimoliy Koreya raketalaridan foydalanishda yordam berayotganini da’vo qilmoqda.

Janubiy Koreya razvedkasi KXDR maxsus kuchlari Rossiyaga topshirilganini isbotlovchi bir nechta sun’iy yo‘ldosh tasvirlari va fotosuratlarini e’lon qilgan.

Foto:NIS
Janubiy Koreya va AQSH rasmiylari avvalroq Shimoliy Koreya Rossiyaga ballistik raketalar va boshqa o‘q-dorilar yetkazib berayotganini ma’lum qilgandi.

Moskva va Pxenyan mazkur xabarlarni rad etgan. Kreml, shuningdek, Janubiy Koreyaning KXDR Rossiyaga Ukraina bilan urushida yordam berish uchun qo‘shin yuborgani haqidagi da’volarini ham rad etgan.

Janubiy Koreya, KXDR, Ukrainadagi urush, Qo‘shin yuborish

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Janubiy Koreya KXDR Ukrainadagi urushga qo‘shin yuborishni boshlaganini ma’lum qildi