© AP Photo / Vadim Ghirda
Vladimir Zelenskiy Rossiya bilan mojaroni tinch yo‘l bilan hal qilish bo‘yicha muzokaralarga yana qarshi chiqdi, biroq Xitoy, Braziliya va boshqa davlatlarning takliflarini “tinchlik rejasi”ga kiritishga tayyorligini bildirdi.
“Turli hamkorlar vaqti-vaqti bilan turli sabablarga ko‘ra Rossiya Federatsiyasi bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazish istagida bo‘lishadi. Bizning fikrimiz o‘zgarmadi, bizsiz biz haqimizda muzokaralar bo‘lmaydi, deb hisoblaymiz”, - dedi Zelenskiy Ukraina ommaviy axborot vositalariga bergan intervyusida.
Shu bilan birga, Zelenskiy “tinchlik rejasi”ga Xitoy, Braziliya va Afrika davlatlarining takliflarini kiritishga tayyorligini ma’lum qildi. Uning fikricha, Xitoy, Hindiston, AQSH va Saudiya Arabistoni Rossiyaga nisbatan yanada qattiqroq sanksiyalar va boshqa bosim usullarini qo‘llash orqali mojaroni to‘xtata oladi.
Zelenskiy chorshanba kuni Ukraina parlamentiga “g‘alaba rejasi”ni taqdim etdi. Hujjat besh punkt va uchta maxfiy ilovadan iborat. Birinchi punkt geosiyosiy — Ukrainani NATOga taklif qilinishi bilan bog‘liq. Ikkinchisi mudofaa masalalari bilan bog‘liq bo‘lsa, uchinchisi Ukraina hududida G‘arb davlatlarining “yadroviy bo‘lmagan keng qamrovli strategik paketini” joylashtirish orqali Rossiya kuchlarini tiyib turishni o‘z ichiga oladi. To‘rtinchi punktda mamlakatning strategik iqtisodiy salohiyati, beshinchisida esa qurolli mojaro tugaganidan keyingi vaqt haqida so‘z boradi. Zelenskiy rejani amalga oshirish “hamkorlarga bog‘liq” ekanini ta’kidladi.
Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova Zelenskiy taqdim etgan “g‘alaba rejasi”ni izohlar ekan, bu reja emas, balki bir-biriga mos kelmaydigan shiorlar to‘plami ekanligini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu reja NATOni faqat Moskva bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri ziddiyatga undaydi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”