
Foto: AFP
Rossiya armiyasi safida jang qilish uchun yuborilayotgan Shimoliy Koreya harbiylari dastlab Kursk viloyatiga joylashtirilishi mumkin. Bu haqda Ukraina armiyasi zaxiradagilar kengashi raisi Ivan Timochko ma'lum qildi.
Timochko KXDR harbiylari uzoq vaqtdan beri Rossiya armiyasi tarkibida Ukrainaga qarshi jang olib borayotganini aytdi. Dastlab, ular Koreya raketalarining operatorlari boʻlib, KXDR snaryadlarini rus artilleriyasi va muhandislariga oʻrgatgan.
“Bu harbiylardan jang maydonlarining koʻp qismida faol foydalanilayotganini koʻryapmiz. Masala ularning soni va bu “oshkor boʻlgan” 10-20 ming kishilik boʻlinmalar qaerda birinchi bor qoʻllanilishida. Bu aslida juda katta raqam.
Ehtimol, ularni Kursk viloyatidagi jangovar harakatlarda, hech boʻlmaganda, ma'lum vaqt moslashishlari uchun qoʻllashga harakat qilishadi. Bu esa, har doimgidek, Rossiyaga siyosiy manyovr qilish imkoniyatini beradi. chunki ular KXDR qoʻshinlari toʻgʻridan toʻgʻri Rossiya hududida harbiy amaliyotlar oʻtkazishga yordam beruvchi ittifoqchilar ekanini aytishi mumkin”, deya tushuntirdi Timochko.
Shu bilan birga, “buryat bataloni” deb ataladigan taktika boshqacha boʻladi. Bunga jalb qilingan Shimoliy Koreya harbiylariga Rossiya pasportlari beriladi.
“Hozir ularning samaradorligiga qarab, keyinchalik ulardan Ukraina hududida jangovar harakatlar uchun foydalanish ehtimoli katta”, dedi Timochko.
OAV Shimoliy Koreya hukumati Ukrainaga qarshi urush uchun Rossiyaga oʻzining maxsus otryadi — KXDR maxsus operatsiyalar kuchlarini yuborganini ma'lum qilgan edi. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Shimoliy Koreyadan urushga jalb qilinishi mumkin boʻlgan 10 ming harbiy haqida gapirgan.
Ukraina razvedkasi rahbari Budanovning ta'kidlashicha, hozirda 11 mingga yaqin Shimoliy Koreya piyodalari Rossiya sharqida jangovar tayyorgarlikdan oʻtmoqda va 1 noyabrda jangovar pozitsiyalarga yuboriladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar