Illustrativ foto: elheraldodesaltillo.mx
Rossiyada 2023 yil dekabrdan boshlab kamida 12 kishi harbiy ro‘yxatga turmagani va “voyenkomat”ga bormagani uchun fuqarolikdan mahrum etildi. Bu haqda Deutsche Welle xabar berdi.
Fuqarolikdan mahrum etilgandan so‘ng, barcha erkaklarga Rossiyani tark etish majburiyati yuklangan. 12 ta holatdan 10 tasi so‘nggi ikki oy ichida sodir bo‘lgan. Yozda Davlat dumasi harbiy ro‘yxatga turmagan shaxslarni fuqarolikdan mahrum etish huquqini beruvchi qonun loyihasini qabul qilgandi.
Yangi qonunning asosiy maqsadlaridan biri “yangi safarbarlikdan qochib, sobiq muhojirlarni majburan urushga jo‘natishdir”.
Rossiya Tergov qo‘mitasi raisi: Ukraina bilan urushga 10 ming nafar naturallashtirilgan rossiyalik yuborildi
Rossiya Tergov qo‘mitasi raisi Aleksandr Bastrikin iyun oyida mamlakatda Rossiya fuqaroligini olgan, ammo harbiy ro‘yxatga turmagan 30 mingdan ortiq muhojir “qo‘lga olinganini” aytgandi. U 10 mingga yaqini allaqachon Rossiya armiyasi safida Ukrainaga qarshi urushga jo‘natilganini bildirgan.
So‘nggi bir yil ichida Rossiyada istiqomat qilgan 2 million chet el fuqarosi mamlakatni tark etgan. 2024 yilda Rossiyaning o‘nlab hududlari migrantlarning ishlashiga cheklovlar joriy etgan.
Rossiya hukumati 22 mart kuni Crocus City Hall'da Tojikiston fuqarolari tomonidan amalga oshirilgan teraktdan so‘ng migratsiya siyosatini qattiqlashtirishni boshladi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”