18:21 / 21.10.2024
44

Janubiy Koreya KXDR askarlarini Rossiyadan olib chiqishni talab qildi

Janubiy Koreya KXDR askarlarini Rossiyadan olib chiqishni talab qildi
Foto: Getty Images
Janubiy Koreya Tashqi ishlar vazirligi Rossiya elchisini chaqirtirib, KXDRning Rossiyaga minglab askarlarni yuborish qarorini tanqid qildi. Bu haqda Deutsche Welle xabar berdi.

TIVga chaqiruv Shimoliy Koreya askarlarining Ukrainaga qarshi urushda ishtirok etishi haqida xabarlar fonida amalga oshirildi. Janubiy Koreya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Kim Hong Kyun Rossiya elchisi Georgiy Zinovevga holat yuzasidan xavotir bildirdi. U Shimoliy Koreya qo‘shinlarini darhol Rossiyadan olib chiqib ketishni va bunday hamkorlikni to‘xtatishni qat’iy talab qilgan.

Shuningdek, diplomat Shimoliy Koreyaning Ukrainadagi urush uchun qurol-yarog‘ va askarlar yetkazib berishi nafaqat Janubiy Koreya uchun, balki jahon hamjamiyati uchun ham jiddiy tahdid ekanini aytgan. U bunday harakatlar BMT Xavfsizlik kengashi rezolyutsiyalarini va jahon tashkiloti nizomini buzishini qayd etgan. Janubiy Koreya razvedkasiga ko‘ra, KXDR Rossiyaga taxminan 1500 harbiy xizmatchini o‘qitish uchun yuborgan va bu askarlar Ukrainaga qarshi urushda ishtirok etishi mumkin.

OAV Shimoliy Koreya hukumati Ukrainaga qarshi urush uchun Rossiyaga o‘zining maxsus otryadi — KXDR maxsus operatsiyalar kuchlarini yuborganini ma’lum qilgandi. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Shimoliy Koreyadan urushga jalb qilinishi mumkin bo‘lgan 10 ming harbiy haqida gapirgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Janubiy Koreya KXDR askarlarini Rossiyadan olib chiqishni talab qildi