Foto: AP
Buyuk Britaniyada havo mudofaa tizimlari yetishmaydi, bu esa ehtimoliy havo hujumida mamlakatni zaif holga keltiradi. Bu haqda Britaniya parlamentining Qurolli kuchlar bo‘yicha qo‘mitasi sobiq raisi Tobias Ellvud ma’lum qildi.
Gipertovushli raketalardan foydalangan holda hujum amalga oshirilgan taqdirda Britaniya havo hujumidan mudofaa vositalari qattiq yuklamaga uchrab, zaif bo‘lib qoladi, deb hisoblaydi u.
“Havo hujumidan mudofaa tizimlari yetishmasligi sababli London katta xavf ostida qolmoqda. Buyuk Britaniya muhim infratuzilmani himoya qilish uchun Isroilning 'Temir gumbaz'iga o‘xshash o‘zining havo hujumidan mudofaa tizimini yaratishga sarmoya kiritishi kerak”, dedi Ellvud.
U havo hujumidan mudofaa tizimlari va o‘q-dorilarni ishlab chiqarishni tezlashtirishga chaqirdi.
Ellvudning ta’kidlashicha, gipertovushli raketalarni yaratish va uchuvchisiz uchish apparatlaridan keng foydalanish Britaniya havo mudofaa tizimini mustahkamlashga qo‘shimcha sarmoya kiritishni talab qiladi. Nashrning eslatishicha, 1 oktyabr kuni Erondan Isroil tomon uchirilgan qanotli raketalarni urib tushirish uchun Britaniyaning harbiy havo kuchlari ham jalb qilingan. Ammo ular o‘z vazifalarini uddalay olmagan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Metabolizm sekinlashganining belgilari