06:39 / 22.10.2024
37

Janubiy Koreya Rossiya va KXDR hamkorligini javobsiz qoldirmaslikka va’da berdi

Janubiy Koreya Rossiya va KXDR hamkorligini javobsiz qoldirmaslikka va’da berdi
Foto: Depositphotos
Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yol NATO bosh kotibi Mark Ryutte bilan suhbatdan so‘ng uning mamlakati Moskva va Pxenyan o‘rtasidagi hamkorlikka javob berishini ma’lum qildi.

Yun Sok Yol Janubiy Koreya Rossiya va Shimoliy Koreya o‘rtasidagi harbiy-texnik hamkorlik darajasiga qarab “bosqichma-bosqich choralar” ko‘rishini aytgan. Shuningdek, u NATO va uning a’zolari bilan hamkorlikda “amaliy qarshi choralar” ko‘rishga umid bildirgan.

Ryutte, o‘z navbatida, NATO Moskva va Pxenyan o‘rtasidagi hamkorlikka javob berish uchun Janubiy Koreya bilan o‘zaro hamkorlik qilishga tayyorligini ta’kidlagan va mamlakat rasmiylaridan ushbu masala bo‘yicha batafsilroq ma’lumot berish uchun alyansga delegatsiya yuborishni so‘ragan.

Ikkala tomon ham vaziyatni diqqat bilan kuzatishga kelishib oldi.

Qayd etilishicha, suhbat Koreya prezidenti bilan Moskva va Pxenyan o‘rtasidagi hamkorlik hamda unga birgalikdagi munosabatni muhokama qilmoqchi bo‘lgan NATO bosh kotibi tashabbusi bilan bo‘lib o‘tgan.

Suhbat Janubiy Koreya Milliy razvedka xizmati KXDR Ukrainadagi mojaroda ishtirok etish uchun Rossiyaga harbiy xizmatchilarni yuborayotgani haqidagi xabardan keyin bo‘lib o‘tgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Janubiy Koreya Rossiya va KXDR hamkorligini javobsiz qoldirmaslikka va’da berdi