08:40 / 22.10.2024
48

Rossiya TIV: Zelenskiyning "g‘alaba rejasi" yordam faryodini eslatadi

Rossiya TIV: Zelenskiyning "g‘alaba rejasi" yordam faryodini eslatadi
© Sputnik / Yevgeniy Odinokov
Vladimir Zelenskiy “g‘alaba rejasi” sifatida taqdim etayotgan narsa aslida yordam faryodi hisoblanadi. Bu haqda RIA Novosti agentligiga Rossiya TIV MDH mamlakatlari ikkinchi departamenti direktori Aleksey Polishuk ma’lum qildi.

Zelenskiyning AQSH va G‘arbiy Yevropa bo‘ylab so‘nggi safarlari chog‘ida “g‘alaba rejasi” niqobi ostida sotishga urinib ko‘rgani, keyin esa Oliy Rada va YEI sammitida taqdim etgani navbatdagi yordam faryodini eslatadi”, — dedi Polishuk.

Uning fikricha, Zelenskiy “yana bir bor qurol, pul, NATOga kirish, Rossiyaga chuqur zarba berish uchun ruxsat so‘rayapti”, bu Kiyev rejimi, uning rahbari va jamoasi a’zolarining jismoniy va siyosiy omon qolishi uchun zarur.

"Ukraina esa buning uchun o‘z suvereniteti, tabiiy va iqtisodiy resurslari va fuqarolarining hayoti bilan to‘laydi", — deya xulosa qildi agentlik suhbatdoshi.

Uning qayd etishicha, "g‘alaba rejasi"ni ilgari surish faktining o‘zi Kiyev rahbariyatining tinchlikka intilish haqidagi bayonotlarini rad etadi, chunki uning mohiyatida mojaroning maksimal darajada avj olishi va unga NATO davlatlarining aralashuvi yotadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiya TIV: Zelenskiyning "g‘alaba rejasi" yordam faryodini eslatadi