39
Putin: BRIKS mamlakatlarida milliy valyutalar ulushini oshirish geosiyosiy xavfni kamaytiradi
© RIA Novosti / Fotoxost-agentstvo brics-russia2024.ru
BRIKS mamlakatlari o‘rtasidagi to‘lovlarda milliy valyutalar ulushining ortib borayotgani geosiyosiy xavflarni kamaytirishga yordam beradi. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin Yangi taraqqiyot banki prezidenti Dilma Rousseff bilan uchrashuvda ma’lum qildi, deya xabar berdi Kreml matbuot xizmati.
“Milliy valyutalarda hisob-kitoblarni ko‘paytirish qarzga xizmat ko‘rsatish to‘lovlarini kamaytirish, BRIKSga a’zo mamlakatlarning moliyaviy mustaqilligini oshirish va geosiyosiy xatarlarni minimallashtirish hamda bugungi dunyoda imkon qadar iqtisodiyotni siyosatdan xoli rivojlantirish imkonini beradi”, — dedi Rossiya rahbari.
U Yangi taraqqiyot bankini yaxshi va istiqbolli moliya instituti deb atadi. 2018 yildan beri bank umumiy qiymati qariyb 33 milliard dollarlik yuzga yaqin loyihani moliyalashtirdi.
Rousseff, o‘z navbatida, Global Janub mamlakatlari moliyalashtirishga muhtojligini va hozirda uni olish uchun sharoitlar ancha murakkab ekanini ta’kidladi.
“Biz haqiqatan ham bir qator loyihalarga juda katta hajmdagi mablag‘ ajratdik, biroq bu Global Janubdagi mamlakatlar ehtiyojlari bilan solishtirganda hali ham yetarli emas. Shuning uchun ham milliy valyutalarda, maxsus formatlarda moliyalashtirishni ta’minlash juda muhim. Yangi taraqqiyot banki esa bunga sodiqdir”, — deya qo‘shimcha qildi u.
Yangi taraqqiyot bankining asosiy vazifasi BRIKS mamlakatlari va rivojlanayotgan mamlakatlarda infratuzilma loyihalari va barqaror rivojlanish loyihalarini moliyalashtirishdan iborat. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi