13:35 / 23.10.2024
73

Ko‘rgazmada ishtirok etgan bir tonnalik qovoq jahon rekordiga erisha olmadi

Ko‘rgazmada ishtirok etgan bir tonnalik qovoq jahon rekordiga erisha olmadi
Foto: 120.su
Trevis Ginger Minnesota shtatidan (AQSH) qovoq tanlovida ishtirok etish uchun Kaliforniyaga keldi. Va bu odam ketma-ket to‘rtinchi yil birinchi sovrinni qo‘lga kiritdi.

U o‘stirgan vahimali qovoq 1121 kilogrammni tashkil qiladi. To‘g‘ri, mo‘jizaviy qovoq jahon rekordini o‘rnata olmadi, lekin bog‘bon bundan xafa emas. Chunki oldingi rekord (1247 kilogramm) ham uning o‘ziga tegishli edi.

Trevis shunchaki havaskor emas, balki bog‘dorchilik bo‘yicha haqiqiy mutaxassisdir, ya’ni agronom. Ushbu soha bo‘yicha o‘qituvchilik qiladi. Bog‘bon har qanday o‘simlikni, ekinni yetishtirishda asosiy narsa sog‘lom tuproq va foydali o‘g‘itlar ekanligini aytadi. Bog‘bon bu yilgi muvaffaqiyatsiz rekordni kuzda ob-havo unchalik qulay bo‘lmagani bilan izohladi.

Ulkan qovoq tez orada Xellouin bayramida ishtirok etadi – g‘olib uni san’at asariga aylantirish uchun «haykaltarosh»larga topshirishga qaror qildi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ko‘rgazmada ishtirok etgan bir tonnalik qovoq jahon rekordiga erisha olmadi