Foto: Depositphotos
Germaniya moliya vazirligi 2024 yil uchun mamlakat fuqarolarining maoshlari haqidagi statistikani yangiladi. Bu haqda Bild xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, nemislar oladigan «normal», ya’ni o‘rtachadan sal yuqori ish haqi oyiga 3444-3811 yevroni tashkil etmoqda (soliqqacha va chegirmalarsiz). Germaniya aholisining deyarli yarmi shuncha maosh oladi.
Daromadi oyiga 8736 yevrodan ko‘p bo‘lganlar eng yuqori maosh oluvchilar hisoblanadi. Germaniyada ishlovchilarning 10 foizi shu toifaga kiradi. Biroq bu toifa soliqni ham ko‘proq to‘laydi — mamlakatdagi daromad solig‘ining 57 foizi shularga to‘g‘ri keladi.
Oyiga 1884 yevrodan kam topuvchilar Germaniyada ishlovchilarning 20 foizini tashkil etib, kam daromadlilar toifasiga kiradi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi