14:42 / 24.10.2024
33

Yaponiya TIV rahbari Eronni vazminlikka chaqirdi

Yaponiya TIV rahbari Eronni vazminlikka chaqirdi
Foto: Keiko Hiromi / AFLO / Global Look Press
Yaponiya hukumati Eronni Yaqin Sharqdagi keskinlikning yanada kuchayishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun vazminlikka chaqirdi. Yaponiya tashqi ishlar vaziri Takeshi Ivaya eronlik hamkasbi Abbos Araqchi bilan telefon orqali muloqot qildi.

Yaponiya TIV matbuot xizmatining ta’kidlashicha, 40 daqiqalik suhbat davomida Ivaya o‘z mamlakatining Yaqin Sharqdagi keskinlikning kuchayishi, xususan, Eronning Isroilga so‘nggi hujumi munosabati bilan «jiddiy xavotirlari»ni bildirgan.

Ivaya barcha tomonlarni, shu jumladan Eronni yanada keskinlashuvning oldini olish uchun vazminlikka chaqirdi, shuningdek, mintaqada keskinlik kuchaygan taqdirda Yaponiya fuqarolarining xavfsizligini ta’minlashda Eronni qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi.

Eron Tashqi ishlar vazirligidan berilgan yozma bayonotga ko‘ra, Araqchi va Ivaya mintaqadagi oxirgi o‘zgarishlar haqida fikr almashdi.

Vazirlar yana beqarorlikning oldini olish, G‘azo va Livanda zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatishni ta’minlash va Isroil hujumlari ostida bu hududlarga insonparvarlik yordamlarini yetkazish uchun xalqaro sa’y-harakatlar zarurligini ta’kidladilar.

Tashqi siyosat idoralari rahbarlari ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlash, mintaqada tinchlik va barqarorlikni ta’minlash maqsadida maslahatlashuvlarni davom ettirishga kelishib oldilar.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yaponiya TIV rahbari Eronni vazminlikka chaqirdi