
Foto: Pixabay
Norvegiya hukumati 15 yoshgacha bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni taqiqlamoqchi. Bu haqda The Guardian xabar berdi.
Hukmron leyboristlar partiyasi bolalarni «haqiqatga bir tomonlama yondashish»ga undovchi «algoritmlar ta’siri»ga qarshi shu tarzda kurashib, farzandlarini himoya qilishni istovchi, ammo ularga qat’iy «yo‘q» deya olmaydigan ota-onalarga yordam bermoqchi.
Mamlakatda shu paytgacha 13 yoshgacha bolalar ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishi taqiqlangan edi. Shunga qaramasdan, 9 yoshlilarning yarmi, 10 yoshlilarning 58 foizi, 11 yoshlilarning 72 foizi ijtimoiy tarmoqlardan foydalanib kelmoqda.
Shu bois qonunga o‘zgartishlar kiritilib, bolalar yosh bo‘yicha cheklov chegarasidan o‘tmasligi uchun maxsus tekshiruv mexanizmlarini joriy etish rejalashtirilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar