Foto: Videodan kadr
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy 23 oktyabr kuni “make russia small again” (Rossiyani yana kichik qil) yozuvi tushirilgan futbolkada xalqqa murojaat qildi. Murojaat siyosatchining Telegram kanaliga joylashtirildi.
Zelenskiy o‘z murojaatida AQSH Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan 20 milliard dollarni Ukrainaga ajratishini aytgan. U armiya bosh qo‘mondoni Aleksandr Sirskiydan frontdagi vaziyat va Kursk viloyatidagi operatsiya bo‘yicha ma’lumot olganini ham bildirgan.
Ukraina prezidenti egnida ilk bor “make russia small again” yozuvi tushirilgan futbolkada ko‘rinish bergan. U bunday futbolkani Ukraina jamoatchiligi vakillari bilan uchrashuv chog‘ida olgan.
Foto: Ukraina prezidenti ofisi
Hozirgi kunda bunday printlar futbolka, kurtka va boshqa narsalar uchun mo‘ljallangan. Zelenskiy uchun 1462 yilgi Moskva knyazligining xaritasi tasvirlangan variant tanlangan, o‘sha paytda uning tarkibiga faqatgina Moskva, Suzdal va Vologda kirgan. Futbolkaning orqa tomonida knyazlik o‘lchami hozirgi Rossiya o‘lchami bilan taqqoslanadi.
Foto: Videodan kadr
Rossiya TIVning Zelenskiy futbolkasiga munosabati
Rossiya tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova Ukraina prezidenti egnidagi “Rossiyani yana kichik qil” yozuvi tushirilgan futbolkaga quyidagicha munosabat bildirgan.
"Qanday kichik? SSSR kabi? Rossiya imperiyasi kabi? Oh, tushundim! Kiyev Rusi kabi. Buning uchun bizga Kiyev kerak bo‘ladi. Buni sen o‘zing aytding, ahmoq!", degan Zaxarova o‘zining Telegram kanalida.
Foto: Mariya Zaxarova / TASS
Qizig‘i shundaki, ilgari bunday futbolkada sobiq prezident Pyotr Poroshenkoni ko‘rishgan. U “gruzin do‘stlaridan” shunday futbolkani olib, darhol kiyayotgani aks etgan holat videoga muhrlangan. Aynan qaysi “gruzin do‘stlari” shunday hadya bergani noma’lum. Ammo bir vaqtning o‘zida bir nechta internet do‘konlarda “Poroshenkodek futbolka” reklamasi paydo bo‘lgan.
“make russia small again” shiori Donald Trampning Make America Great Again saylovoldi shioriga ishora bo‘lib, “Amerikani yana buyuk qil” deb tarjima qilinadi. Shior Tramp tomonidan 2016 yilgi prezidentlik kampaniyasi paytida ommalashgan.
Foto: AP Photo
Aslida uni birinchi bo‘lib 1979 yilda AQSH prezidenti Ronald Reygan qo‘llagan. Boshqa bir prezident Bill Klinton 1992 yilgi prezidentlik saylovlarida ham ushbu shiordan foydalangan, ammo 2016 yilda uni “irqchilik” deb atagan.
Bu Trampga o‘z shiorini savdo belgisi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazish va Make America Great Again printlari ortidan pul ishlashga to‘sqinlik qilmagan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Metabolizm sekinlashganining belgilari