21:28 / 25.10.2024
18

Xitoy ta’limi: bolani qanday qilib “superodam” qilib tarbiyalash mumkin?

Xitoy ta’limi: bolani qanday qilib “superodam” qilib tarbiyalash mumkin?
Yevropa standartlariga ko‘ra, Xitoy tarbiyasi mutlaqo g‘ayriinsoniy usul hisoblanadi. Ammo bu samoviy imperiyada asrlar davomida shakllangan madaniyatning bir qismi. Marie Claire nashri xitoylik ota-onalar bolalari bilan qanday ishlashini va bu qanday natijalarga olib kelishini tushunish uchun uni batafsilroq o‘rganishga qaror qildi.

Bola uchun asosiy maqsad — tinmay mehnat qilish va eng yaxshisi bo‘lish

Foto: Getty Images
Xitoyda ota-onalar, oilaning daromadidan qat’i nazar, bolaga maksimal darajada sarmoya kiritishga harakat qilishadi. Buning sababi — shiddatli raqobat: Xitoyda o‘rtacha bo‘la olmaysiz, aks holda juda ko‘p aholisi bo‘lgan mamlakatda hech narsaga erisha olmaysiz. Ishga kirish uchun, hatto top-menejer yoki oddiy xodim bo‘lsangiz ham katta raqobatga dosh berishingiz kerak — bu joyga da’vogarlar juda ko‘p. Bolaligidanoq bola o‘zi shug‘ullanadigan har qanday biznesda maksimal darajaga erishishi kerakligi tushuntiriladi. Tinmay mehnat qilishingiz, ishlashingiz kerak, aks holda yutqazasiz va hech narsaga erisholmaysiz. Bola bu — unga sarflangan sa’y-harakatlarni oqlashi kerak bo‘lgan loyihaning bir turi. Albatta, ular uni yaxshi ko‘rishadi, lekin hech qanday erkalash haqida gap yo‘q.

Bolaning yoshidan qat’i nazar, uning kuni soat bo‘yicha rejalashtirilgan. Sinflar, qo‘shimcha mashg‘ulotar, to‘garaklar, ijodiy studiyalar va boshqalar. Xitoylik bolalarning uxlash va ovqatlanishni hisobga olmaganda bo‘sh vaqti yo‘q.

Ota-ona nazorati va jismoniy jazo

Foto: Getty Images
Ota-onalar farzandlarining rivojlanishini qat’iy nazorat qilishadi. Ko‘pincha, onasi yoki otasi bolalarning uy vazifalarini diqqat bilan tekshiradi. Xitoyliklar o‘quv jarayonini nazorat qilishga beparvo munosabatda bo‘lolmaydi. Ota-onalar bolalar uchun mas’uldir, shuning uchun ular o‘z hayotlarining barcha sohalarini qat’iy nazorat qiladi, Har qanday huquqbuzarlik uchun kaltaklash odatiy hol. U yerda hech kim bolaning psixologik holati bilan qiziqmaydi, bolalar bog‘chasidanoq charchayotgani haiqdagi shikoyatlari dangasalik va ishlashni istamaslik sifatida qabul qilinadi.

O‘qituvchilar hammani “tortadi”

Foto: Getty Images
O‘qituvchi uchun o‘quvchining muhim ko‘rsatkichi uning mehnatsevarligidir. Xitoy maktablarida “o‘qituvchining sevimlisi” tushunchasi yo‘q, chunki hammaga nisbatan munosabat teng va neytral. Bizning maktablarimizda bo‘lgani kabi sinfda ma’lum bir “yulduz”, “vunderkind”, “maktab g‘ururi” degan tushunchalar mavjud emas. Maktabdan bitiruvchilar yuqori bilim bilan ketishadi. Barcha o‘qituvchilar o‘ta mas’uliyatli, natijaga yo‘naltirilgan bo‘lib, ularning asosiy vazifasi o‘quvchilarning yoshidan qat’i nazar, ularga dasturga kiritilgan narsalarni har qanday yo‘l bilan o‘rgatishdir. Xitoy ta’lim tizimi uchun ikkichi va a’lochilarga bo‘linish yo‘q, har bir o‘quvchi maksimal darajada bilim oladi va natijada mashaqqatli mehnat orqali ma’lum bir natijaga erishadi, qolganlar bilan tenglashadi.

Xitoylik bolalarda tarbiyalanadigan asosiy fazilatlar — mehnatsevarlik, qat’iyatlilik va ohistalik (vazifani bajarish tezligi muhim emas, asosiysi natijaga erishish). O‘qituvchilar har qanday bolada uning salohiyatini, kuchli tomonlarini topadi va nima bo‘lishidan qat’i nazar, aynan shu narsani rivojlantiradi. Shuning uchun ham turli sohalarda va turli ijtimoiy darajalarda barcha mutaxassislar o‘z ishlarini yuqori saviyada bajaradi.

Kattalarning gapi — qonun

Foto: Getty Images
Xitoyda ota-onalarga va kattalarga munosabati yoshidan qat’i nazar, juda hurmatlidir. Keksa avlod kichkina bola uchun ham, o‘smir uchun ham, talaba uchun ham o‘zgarmas hokimiyatdir. Ular kattalar bilan bahslashmaydi, qarama-qarshilik qilmaydi, ularning so‘zlari shubha yoki muhokamaga sabab bo‘lmaydi. Bolalar tinglashlari va itoat qilishlari kerak. Xitoy oilasida kattalarning irodasi qonundir.

Xitoyda juda qattiq qoidalar mavjud, bu yerda “kelishish” va “og‘zini moylash” qaysi sohaga tegishli bo‘lishidan qat’i nazar, ishlamaydi. Qoidalarni buzganlar esa qattiq jazolanadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoy ta’limi: bolani qanday qilib “superodam” qilib tarbiyalash mumkin?