22:43 / 25.10.2024
27

Putin ehtimoliy muzokaralarda Ukrainaga imtiyozlar berilmasligini aytdi

Putin ehtimoliy muzokaralarda Ukrainaga imtiyozlar berilmasligini aytdi
Foto: AFP
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukraina bilan harbiy harakatlarni tugatish bo‘yicha muzokaralar chog‘ida “oqilona murosaga” borishga tayyorligini aytdi. Shu bilan birga, Moskva Ukrainaga yon bosmasligini ma’lum qildi.

Natija Rossiya foydasiga bo‘lishi kerak. Hech shubhasiz, biz bu yerda hech qanday yon bermoqchi emasmiz, hech qanday almashinuv bo‘lmaydi. Biz murosa izlashga, aynan oqilona murosaga kelishga tayyormiz”, dedi Putin.

Uning qo‘shimcha qilishicha, u hali tafsilotlarni ochiqlashga tayyor emas, chunki Ukraina bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar olib borilmayapti. U, shuningdek, Turkiya bir necha bor mojaro taraflari o‘rtasida tashabbuslar o‘tkazib, vositachi rolini o‘z zimmasiga olganini ta’kidladi.

Putin Turkiya prezidentining yordamchisi muzokaralar bo‘yicha yangi takliflar yuzasidan u bilan bog‘langanini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, u rozi bo‘lgan, biroq Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy “Moskva bilan hech qanday muzokara olib bormasligini” ochiq aytgan.

Iyun oyida Vladimir Putin Ukraina bilan tinchlik o‘rnatish shartlarini aytib o‘tgan edi. Ular orasida Ukrainaning neytral, qo‘shilmaslik va yadro qurolidan xoli maqomi joy olgan. Bundan tashqari, Ukraina harbiylari DXR va LXR, Xerson va Zaporoje viloyatlari hududidan to‘liq olib chiqilishi, bu viloyatlarning o‘zi esa Rossiya tarkibiga kirgan deb tan olinishi kerak.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Putin ehtimoliy muzokaralarda Ukrainaga imtiyozlar berilmasligini aytdi