Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy BMT bosh kotibi Antoniu Guterrishning Qozondagi BRIKS sammitidagi ishtiroki uchun Kiyevga tashrifini rad etdi. Bu haqda AFP agentligi Zelenskiy ofisiga tayanib xabar berdi.
Agentlik suhbatdoshining so‘zlariga ko‘ra, Qozondan keyin Guterrish Ukrainaga borishni istagan, ammo Zelenskiy uning tashrifiga tayyorgarlikni tasdiqlamagan. «Shu bois Guterrish bu yerda bo‘lmaydi, xususan, Qozonda sog‘lom fikr va xalqaro qonunlar kamsitilgani uchun», — deydi AFP manbasi.
Ukraina prezidenti ofisi Guterrishninn Kiyevga tashrifi bekor qilinganiga rasman izoh bermadi. BMT ham mazkur holat bo‘yicha biror munosabat bildirmadi.
Antoniu Guterrish 23 oktyabr kuni Qozonda o‘tkazilgan BRIKS sammitiga tashrif buyurdi va Vladimir Putin bilan uchrashdi. BMTning rasmiy press-relizida ta’kidlanishicha, Guterrish «Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi BMT nizomi va xalqaro huquqni buzish ekanini tasdiqlagan» va muzokaralar o‘tkazilishini «to‘liq qo‘llab-quvvatlagan». Ammo sammitdagi chiqishi davomida Guterrish Rossiya tomonidan xalqaro huquqning buzilishi haqida biror gap aytmagan.
Ukraina Tashqi ishlar vazirligi Guterrishning BRIKS sammitiga tashrifini qoralab, u Shveysariyadagi birinchi tinchlik sammitida ishtirok uchun Kiyev taklifini rad etgani, biroq «harbiy jinoyatchi Putindan» Qozonga taklifni qabul qilganini bildirdi. «Bu tinchlik o‘rnatishga ko‘maklashmaydigan noto‘g‘ri tanlov», — deyiladi TIV bayonotida. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Putin Falastin xalqiga nisbatan tarixiy adolatsizlikni tuzatish zarurligi haqida gapirdi
Xitoy ta’limi: bolani qanday qilib “superodam” qilib tarbiyalash mumkin?
Putin ehtimoliy muzokaralarda Ukrainaga imtiyozlar berilmasligini aytdi
BMT Markaziy Osiyoni «Tinchlik, ishonch va hamkorlik hududi» deb e’lon qildi
Putin Kursk oblastida ukrainalik 2000 harbiy qurshovda qolganini aytdi
Pavel Durov muvaffaqiyatga intilayotgan yoshlarga muhim maslahat berdi
Eron Isroilga qarshi urushga tayyorlanayotgani ma’lum qilindi
Tadqiqot: Kashandalar boshqalardan ikki yarim hafta kam ishlaydi