Foto: Getty Images
Myanma xavfsizlik kuchlari mamlakat sobiq harbiy rahbari Tan Shvening kuyovini Facebook'dagi postlari uchun hibsga oldi, deb xabar beradi Associated Press.
Nay So Maung — 67 yoshli iste’fodagi polkovnik va sobiq harbiy shifokor bo‘lib, u fitna qo‘zg‘atuvchi xabarlarni tarqatganlikda ayblanmoqda.
U amaldagi harbiy yetakchiga qaratilgan tanqidiy hamda Myanma hukmron partiyasining yuqori martabali amaldori Zo Minta Maunga vafoti munosabati bilan hamdardlik postini e’lon qilganidan ikki hafta o‘tib ushlangan — uning hukumati 2021 yilgi harbiy to‘ntarish natijasida tarqatib yuborilgan edi.
Ijtimoiy tarmoqlarda muxolif guruhlarni rag‘batlantirish yoki tashviqot qilish hamda ularni qo‘llab-quvvatlash bilan shug‘ullangan shaxslar mamlakat qonunlariga ko‘ra javobgarlikka tortiladi.
Myanmada 2021 yil 1 fevral kuni mamlakat armiyasi saylangan hukumatni egallab olganidan beri tartibsizliklar davom etmoqda. Harbiy to‘ntarish ommaviy norozilik namoyishlarini keltirib chiqargan va politsiya ularni to‘xtatish uchun o‘qotar qurollardan ham foydalanishga majbur bo‘lgan.
Data for Myanmar mustaqil tadqiqot guruhiga ko‘ra, harbiylar hokimiyatga kelganidan buyon ijtimoiy tarmoqlarda muxolifat guruhlarini qo‘llab-quvvatlash hamda amaldagi hukumatni tanqid qilib yozgan 1691 kishi hibsga olingan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi