date
views 98

The Washington Post: Ilon Maskning o‘zi ham noqonuniy migrant

The Washington Post: Ilon Maskning o‘zi ham noqonuniy migrant
Foto: Grzegorz Wajda/Global Look Press
So‘nggi paytlarda noqonuniy muhojirlar masalasini faol ko‘tarayotgan va «chegaralarni yopish»ga chaqirayotgan milliarder Ilon Maskning o‘zi AQSHdagi tadbirkorlik faoliyatini noqonuniy boshlagan. Bu haqda The Washington Post gazetasi Ilon Maskning biznesdagi sobiq sheriklariga asoslanib xabar berdi.

«Janubiy Afrika Respublikasi fuqarosi Ilon Mask AQSHda noqonuniy ishlagan», — deyiladi maqolada.

Nashr yozishicha, Mask Stenford universitetida o‘qish uchun 1995 yilda Palo-Altoga kelgan, biroq universitetga kirish o‘rniga startap — Zip2 kompaniyasiga asos solgan. Tadbirkor AQSH hududida faoliyat yuritishi qonunga zid edi, chunki u universitetda tahsil olmayotgandi.

Mask tahririyatning bu boradagi murojaatini javobsiz qoldirgan.

Ilon Mask sentyabrdagi bayonotida AQSHda narxlarning osmonga ko‘tarilib ketishiga boshqarib bo‘lmas migrantlar oqimi sababchi degandi.

Shu o‘rinda qiziq ma’lumot: AQSH prezidentlari orasida migrantlarga eng toqatsizligi bilan nom chiqargan Donald Tramp juda eski amerikaliklardan emas. Bobosi (otasining otasi) Frederik Tramp Germaniyadan AQSHga 1885 yilda ko‘chib kelib, 1892 yilda fuqarolikni olgan. Onasi Meri Enn Tramp (Maklaud) esa asli shotlandiyalik bo‘lib, Donald tug‘ilishidan atigi to‘rt yil avval — 1942 yilda AQSH fuqaroligini qo‘lga kiritgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » The Washington Post: Ilon Maskning o‘zi ham noqonuniy migrant