08:38 / 28.10.2024
32

Rossiyada axloq tuzatish markazidan 4 nafar mahbus qochib ketdi

Rossiyada axloq tuzatish markazidan 4 nafar mahbus qochib ketdi
Foto: Sputnik
Rossiyaning Baykalorti o‘lkasida joylashgan Nerchinsk shahridagi 1-sonli axloq tuzatish markazidan to‘rt nafar maxbus qochib ketdi. Federal jazoni ijro etish xizmati boshqarmasining («UFSIN») ma’lum qilishicha, ularning ikki nafari Chita va Amur oblastidan topilgan.

Qayd etilishicha, Rusin familiyali birinchi mahbus Chitada ushlangan. «Jismoniy kuch ishlatilmadi va maxsus vositalar qo‘llanilmadi», — deyiladi xabarda.

Ikkinchi mahbus — Chekrishev esa Amur oblastidagi uyi manzilida qo‘lga olingan. «Axloq tuzatish markazi xodimlari majburiy ishlarga jalb etilgan ushbu mahkumga tayinlangan jazoni o‘zgartirish uchun sudga hujjatlarni yuboradi», — deya ta’kidlanadi «UFSIN» xabarida.

Baykalorti o‘lkasi Tergov qo‘mitasi tergov boshqarmasiga holat bo‘yicha tekshiruv o‘tkazish topshirilgan.

«Tergov qo‘mitasi tergovchilari zaruriy o‘rganish ishlarini olib boradi. Nerchinskda joylashgan Axloq tuzatish markazi rahbariyati va xodimlari so‘roq qilinadi. Tergovchilar mahkumlarning yashash sharoitlarini tartibga soluvchi hujjatlarni va ularning muassasada qanday nazorat qilinganini o‘rganadi», — deyiladi idora matbuot xizmati xabarida.

Telegram'dagi Baza va Shot kanallarining yozishicha, qochib ketgan mahbuslar soni besh nafarni tashkil etadi. Ma’lumotlarga ko‘ra, ular qochishdan oldin tartibbuzarlar xonasida bo‘lgan va hech qanday qarshiliksiz muassasadan chiqib ketgan. Jazoni ijro etish markazida tunda soqchi bo‘lmagan, faqat bitta navbatchi ishlagan xolos.

Kuni kecha Rossiyada koloniyadan 6 nafar mahbus qochib ketgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Lipetsk oblastidagi 2-sonli jazoni ijro etish koloniyasidan qochgan olti nafar mahbusdan to‘rt nafari o‘zbekistonlik ekanligi aytilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyada axloq tuzatish markazidan 4 nafar mahbus qochib ketdi